Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2020, Тошкент вақти: 23:16

O‘sh qirg‘inida yo‘qolgan qurollarning 600dan ko‘prog‘i hali ham topilmadi


O‘sh, 2010 yil 21 iyun

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, 2010 yildagi aprel va O‘sh voqealari paytida Talas, Bishkek, O‘sh, Jalolobodda kuch tizimi xodimlaridan 1200ga yaqin qurol tortib olingan, biroq oradan 9 yil o‘tsa hamki bu qurollarning 633tasi topilmagan.

Ichki ishlar vazirligi 2010 yilgi voqealar chog‘ida kuch tizimlaridan tortib olingan, yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan qurollarni izlash 9 yildan beri samarasiz bo‘layotgani ortidan qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirmoqchi bo‘lgan odamlarga beriladigan mukofot puli miqdorini oshirmoqchi.

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Almaz O‘ro‘zaliev, parlamentda “Qurol to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritish bo‘yicha ma’ruzasida mana shu haqida gapirdi.

-Hukumat xorijda ishlab chiqarilgan avtomatik granatomyotga 16 ming so‘m, pulemyotga 16 ming, Kalashnikov avtomatiga 9600, SVD snayper vintovkasiga 9600, ovchi karabiniga 6400, miltiqqa 3200, qo‘lbola qurolga 1600 som mukofot berishni taklif qilmoqda, - dedi O‘ro‘zaliev.

Ammo parlamentning ayrim deputatlari 2010 yilda yo‘qolgan qurol-yaroqni qaytarish uchun ularni aholidan bozor bahosida sotib olish kerak, deb hisoblamoqdalar.

-Masalan, men 9 ming som olaman deb, avtomatni sizlarga topshirmayman, yaxshisi ming dollarga sotib yuboraman. Shu sababli qurolni topshirmoqchi bo‘lgan odamlarga mukofot pulini o‘sha qurolning bozor bahosidan ikki barobar ko‘p qilib belgilash lozim. Shunda topib olgan odam qurolni sizlarga borib topshiradi. Hukumat bu masalani yana ko‘rib chiqishi kerak, -dedi deputat Aynura Altibaeva.

Yana bir deputat Aqilbek Japarov esa militsiya yo‘qolgan qurollarni topishga ojizlik qilayotganini ta’kidlagan holda, qurollarni aholidan qora bozor narida sotib olishni taklif qildi.

Avvalroq 2010 yilgi O‘shdagi qonli voqealari chog‘ida kuch tizimlaridan tortib olingan va o‘g‘irlangan qurollar turli jinoiy guruhlar qo‘liga tushgani to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Ichki ishlar vazirligi o‘tgan yilda 2010 yilgi qonli voqealar chog‘ida 865ta qurol yo‘qolgani to‘g‘risida xabar bergan edi.

Biroq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining xarbiy qismlaridan 1177 dona qurol yo‘qolganini rasman ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG