Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:39

Pompeo: Eron xalqi ovoziga quloq solinishini istaymiz (VIDEO)


AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi savollariga javob bermoqda. Varshava, 2019, 14 fevral
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi savollariga javob bermoqda. Varshava, 2019, 14 fevral

Eron Islom Respublikasiga yuborilayotgan har qanday pul Islom inqilobi sipohlari korpusi rahbari Qosim Sulaymoniyning qo‘liga borib tushadi va nomaqbul maqsadlar, qolaversa, eng yomoni – Eron xalqiga qiyinchiliklar tug‘dirish uchun ishlatiladi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Yaqin Sharq masalalariga bag‘ishlab Varshavada o‘tkazilgan konferensiya davomida Ozod Yevropa/Ozodlik radiosiga bergan suhbatida bayonot berdi.

Quyida Davlat kotibi bilan bilan suhbatni o‘qishingiz mumkin.

Savol: Janob Pompeo, suhbatimizni AQSh ma’muriyatining Eron Islom Respublikasiga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish borasidagi sa’y-harakatlaridan boshlasak. Bu haqda vitse-prezident Mayk Pens ma’ruzasida ma’lum qildi. Sizningcha, bu qanchalik haqiqatga yaqin? Chunki YeI mamlakatlari JCPOA (Hamkorlikdagi keng qamrovli harakatlar dasturi) haqida gap ketganda, o‘z maqsadlarini ko‘zlamoqda. Xabaringiz bor, ular yaqinda Eron bilan savdo-sotiqni yengillashtirish uchun SPVni (Maxsus maqsadlar uchun kompaniya) ishga tushirdi.

Помпео: Эрон халқи овозига қулоқ солинишини истаймиз
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:02 0:00

Javob: Yig‘ilishning maqsadi Butun Yaqin Sharq mintaqasida tinchlik va barqarorlikni qaror toptirish edi. Shu sababli 60 dan oshiq mamlakat vakillari Yamandagi hal etish mushkul muammolar, Suriya muammolari, falastinliklar va Isroil davlati o‘rtasidagi mojaro bilan bog‘liq xavfsizlikka tahdidlar haqida fikr almashish va ularni hal etish yuzasidan hamkorlik qilish uchun yig‘ildi. Biz shu maqsadda bu yerga to‘plandik. Gap shundaki, “Hezballoh” haqida so‘z ketganda, Eron haqida gapirish kerak; Yamandagi xusi qabilalari boshiga tushgan fojia haqida gapirganda, Eron haqida gapirish kerak. Eron konferensiyada muhokama qilingan masalalardan biri bo‘ldi. Lekin men sizga koalitsiya jips ekanini aytmoqchiman. Eron tahdidi mavjud ekanini hech kim, hech bir mamlakat – xoh Osiyo, xoh Janubiy Amerika, xoh Yaqin Sharq mamlakati bo‘lsin – inkor etmadi. Hamma Eron Islom Respublikasidan vatandoshlariga tahdid borligini anglab etdi. Biz mana shu masalalarni muhokama qildik. Muammoni qanday hal etish bo‘yicha prinsipial tafovutlar bor. Yevropaliklar JCPOAni ma’qul ko‘radi, biz esa boshqa qarorga keldik. Biz Eron Islom Respublikasiga yuborilayotgan har qanday pul mamlakat IRGC (Islom inqilobi sipohlari korpusi) rahbari Qosim Sulaymoniyning qo‘liga borib tushadi va nomaqbul maqsadlar, qolaversa, eng yomoni – Eron xalqiga qiyinchiliklar tug‘dirish uchun ishlatiladi. Biz Eron xalqiga quloq solinishiga ishonch hosil qilish masalasida qat’iymiz. Bugun 14 fevral kuni bu yerga odamlarni yig‘dik, o‘z dalillarimizni aytdik va ishonchim komilki, biz butun Yaqin Sharqda mavjud tahdidlarni birgalikda hal etish yo‘lida jipslashdik.

Savol: Lekin Eron haqida gap ketganda, siz aytayotgan tahdidlar qanday bartaraf etilishi mumkin? Ko‘pchilik ushbu konferensiyani Vashingtonning Erondagi hokimiyatni o‘zgartirish uchun yo‘l topish borasidagi sa’y-harakatlarining bir bo‘lagi deb hisoblaydi. Siz bu haqda nima deysiz?

Javob: Men konferensiya tarixiy voqea bo‘lganini aytmoqchiman. O‘zingiz ko‘rdingiz, isroilliklar bilan arablar birga o‘tirib, Eronning tahdidi haqida suhbatlashdi. Bunga ularni Vashington majburlagani yo‘q. Biz Eron Islom Respublikasi haqidagi xavotirlarimizni oydinlashtirib oldik hamda tahdidlarni kamaytirish uchun ancha-muncha resurslarni yo‘naltirdik. Bu ishni davom ettiramiz, chunki pirovardida Eron xalqining ovoziga quloq solinishini istaymiz. Biz rejimning tabiati o‘zgarishini va uning boshida turganlar normal mamlakat rahbarlariga o‘xshab ish tutishi tarafdorimiz. O‘tgan yil may oyida men Eron Islom Respublikasi millatlar hamjamiyatiga qaytishi uchun bajarishi zarur bo‘lgan 12 ta muhim masalani bayon qilgan edim. Biz har kuni ko‘plab strategik masalalarni bajarishga kirishamiz va ularni hal etishimizga ishonamiz. Ularni amalga oshirsak, butun Yaqin Sharq, qolaversa, butun dunyoga tahdidlar kamayadi.

Savol: Barcha ushbu shartlar, dastlabki shartlar va xulq-atvorni o‘zgartirish haqida siz ham, AQSh ma’muriyatining boshqa amaldorlari ham qayta-qayta gapirib kelasizlar. Nazarda tutilayotgan xulq-atvor Islom Respublikasining o‘ziga xos xususiyatidir, uni o‘zgartirish rejimning o‘zini o‘zgartirtish bilan barobar. Aytmoqchimanki, Eron Yaqin Sharqda, jahonda, o‘z xalqiga munosabatiga oid mavjud biror xulqidan voz kechadigan bo‘lsa, Islom Respublikasidan hech vaqo qolmaydi.

Javob: Aslida ushbu xulq-atvorni qanday o‘zgartirish Eron xalqining qo‘lida. Eronliklar o‘z ovozi tinglanishiga majbur qiladi va buning uchun kuchi borligini ko‘rsatadi. Ular – donishmand, teran va va boy tarixga ega iqtidorli halq, mamlakati muammolarini echishga qodir xalq. Biz o‘zgartirishga intilayotgan xulq-atvor butun Yaqin Sharqda xavfsizlikni qaror toptirish, Eron xalqining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Biz eronliklarni mamlakat ichkarisidagi ovozi eshitilishiga erishish uchun qo‘limizdan kelgan ishni qilyapmiz, toki ular o‘zlari istagan tarzda yashasin, lekin butun Yaqin Sharq va dunyoning qolgan joylari aholisi hayotini xavf va tahdidga qo‘ymasin.

Savol: Janob davlat kotibi, xabaringiz bor, 13 fevralda Eronda Islom inqilobi sipohlari korpusi bazasiga qaqshatqich hujum uyushtirildi va bu 27 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Tvitterda shunday deb yozdi: “Eronning “Varshavadagi tsirk tomoshasi” kuni terrorchilik hujumiga duchor bo‘lgani tasodifmikan?” Bunga siz nima deysiz?

Javob: Bunga amerikaliklarning hech qanday aloqasi yo‘q. Mening javobim shu: ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Yevropa mamlakatlari vakillari Zarif bilan uchrashadi – hozir u Myunxenga yo‘l olmoqda. O‘sha yerda Yevropa mamlakatlari vakillarining u bilan uchrashuvi bo‘ladi. Men o‘sha vakillardan janob Zarif bilan uchrashganda undan, nega bunaqa bema’ni gapni gapirdingiz, deb so‘rashni iltimos qilaman. Ba’zan uni mo‘’tadil kishi deb gapirishadi. Lekin isroilliklar bilan amerikaliklarni qotillikda ayblash mo‘’tadillik emas. Nazarimda, bu janob Zarif bilan prezident Hasan Ruhoniy xuddi Erondagi boshqa rahbarlar singari inqilobchi ekanini ko‘rsatadi.

XS
SM
MD
LG