Линклар

Шошилинч хабар
29 январ 2020, Тошкент вақти: 11:39

Abiturientlardan test sinovlarida ishtirok etgani uchun haq olinishi mumkin


Test topshirish uchun kelgan abiturientlar.

Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirishga oid prezident qarori loyihasida oldingi o‘quv yillarida ta’lim muassasalarini tugatgan abiturientlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun haq olish taklif etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida 15 fevral kuni muhokamaga qo‘yilgan qaror loyihasida test sinovi topshirish uchun eng kam ish haqining bir barobariga teng miqdorda yig‘im olish nazarda tutilgan. Bugungi kunda eng kam ish haqining bir barobari 202 730 so‘mga tengdir.

Qaror loyihasida to‘liq davlat ta’minotidagi etim bolalar, I va II guruh nogironlari bu yig‘imdan ozod qilinishi aytiladi.

Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqilgan prezident qarori loyihasida ta’kidlanishicha: “Ushbu yig‘imlar Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Joriy yil bitiruvchilari uchun test sinovlari bepul asosda o‘tkaziladi”. Qaror loyihasi muhokamasi 2 martga qadar davom etadi.

Qaror loyihasida, shuningdek, 2019/2020 o‘quv yili qabulidan boshlab amaldagi tartibni o‘zgartirgan holda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlarini iyul-avgust oylarida o‘tkazish ham taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari qaror loyihasida eng yuqori ballning 30 foizi va undan yuqori ballni to‘plagan abiturientlarga fanlar bo‘yicha test sinovlari natijalari aks etgan, 3 yil muddatga amal qiladigan sertifikat berish hamda ularga uchtagacha ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish ham nazarda tutilgan.

Qarorga berilgan rasmiy sharhda ta’kidlanishicha,2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test fanlari majmuasi ikki bo‘limga ajratiladi.

Birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi, ikkinchi bo‘limga da’vogarlik qilinayotgan ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi.

“Yoshlarning ona tili bo‘yicha savodxonligini oshirish va aniqlash maqsadida yozish ko‘nikmalarini baholash uchun “O‘zbek tili”, “Rus tili”, “Qoraqalpoq tili” fanlari bo‘yicha alohida sinovlarni tashkil etish” ham taklif qilinmoqda.

Qaror loyihasida o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi test topshiriqlari faqat lotin alifbosida tayyorlananishi ham belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari majburiy fanlar bo‘limidagi test topshiriqlarini soddalashtirish, topshiriqlar abiturientlarning umumiy savodxonligi va tayanch bilimlarini baholashga yo‘naltirilgan bo‘lishi ham nazarda tutilgan.

XS
SM
MD
LG