Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:23

Moldovada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda


24 fevral kuni Moldovada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Saylov natijalari Sharqiy Yevropada joylashgan ushbu kichik davlat bir tomondan Moskva, ikkinchi tomondan Yevropa Ittifoqi bilan qanday aloqa o‘rnatish yo‘lini tanlashini belgilashda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Saylovoldi so‘rovlar Sotsialistik partiya eng ko‘p ovoz to‘plashini ko‘rsatdi. Ammo Rossiya bilan yaqindan aloqa o‘rnatish tarafdori bo‘lgan ushbu partiya parlament yetakchiligini qo‘lga kiritish uchun yetarlicha ovoz to‘play ololmasligi mumkin.

Sotsialistik partiya bilan Yevropa ila integratsiya tarafdori bo‘lgan ASUM muxolifat koalitsiyasi shuningdek, ham Yevropa, ham Rossiya bilan hamkorlik qilish tarafdori bo‘lgan, yetakchi koalitsiyaning asosiy partiyasi hisoblangan Demokratlar partiyasi bellashmoqda.

Saylov arafasida ASUM koalitsiyasining ikki a’zosi simobdan zaharlangani xabar qilindi. Facebook esa moldovaliklarga noto‘g‘ri va yolg‘on ma’lumot tarqatishga uringan sahifalarni o‘chirdi.

ASUM ga sobiq ta’lim vaziri Maya Sandu hamda Andrey Nestase yetakchilik qiladi. Koalitsiya Moldova hukumatini korrupsiyada ayblab keladi. Partiya saylovdan keyin biron partiya yetakchilikni qo‘lga kiritmasa, demokratlar yoki sotsialistlar bilan koalitsiya tuzmasligini aytgan.

Saylovdan ikki kun oldin Moskva pul yuvish bo‘yicha yangi ish qo‘zg‘atilganini, Moldovaning Demokratlar partiyasi yetakchilaridan biri unga aloqadorlikda ayblanayotganini ma’lum qildi.

Ayrimlar bu bilan Moskva saylov natijasiga ta’sir o‘tkazishga uringanini aytmoqda.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi 22 fevral kuni e’lon qilgan bayonnomada ikki rus banki orqali amalga oshirilgan pul yuvish amaliyotlari tekshirilayotgani aytiladi. Bayonnomaga ko‘ra, ushbu jinoiy rejani ikki badavlat moldovalik – Vladimir Plaxotnyuk va Vyacheslav Platon uyushtirgan.

Moldova bosh vaziri Pavel Filip Rossiya saylovga aralashayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida xavotir bildirib keladi.

Ammo amaldagi prezident Igor Dodon Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin hamkori bo‘lib, saylov arafasida Moskvada Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Dodon Yevropa Ittifoqi kelajagi noma’lum ekanligi aytib, Moskva bilan yaqindan aloqa qilish muhim ekanligini ta’kidlab keladi.

21 fevral kuni Accociated Press agentligiga bergan intervyusida prezident:

- YeIga 10 yoki 15 yilda nima bo‘lishini bilmayman. Nima uchun oldimizga maqsad qo‘yib, va’da berishimiz kerak? - dedi.

Sobiq sovet respublikasi bo‘lmish Moldovada 2015 yildan beri uch marta hukumat almashdi. Bunga bank tizimidan 1 milliard dollar yo‘qolib qolgani turtki bo‘ldi. Bu esa mamlakat yalpi ichki mahsulotining 12 foiziga tengdir.

Moldova ishlatadigan tabiiy gazning 95 foizi Rossiyadan keladi. Bundan tashqari, BMT e’tirozlariga qaramasdan, ayirmachi Pridnestrovye hududida Rossiya harbiylari joylashtirilgan.

Moldova 2014 yilda YeI bilan assotsiatsiiya to‘g‘risida kelishimni imzolashi ortidan Kishinyovning Rossiya bilan aloqalari yomonlashdi. Bunga javoban Rossiya ayrim Moldova mahsulotlari importiga cheklov qo‘ydi. Hozirgi kunda Moldova eksportining 70 foizi YeI davlatlariga yuboriladi.

XS
SM
MD
LG