Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2019, Тошкент вақти: 17:53

Vazirliklar Ozodlikning Koreyada 8 oydan buyon kasalxonada qolayotgan o‘zbek haqidagi xabariga munosabat bildirdi


Ozodlik 1 fevralda o‘zining SizdanTelegram loyihasida Janubiy Koreyada 8 oydan buyon kasalxonada qolayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirining og‘ir qismati va uning yaqinlarining ko‘rgiliklari to‘g‘risida yigitning do‘stlari yozgan maktubni e’lon qilgan edi.

26 fevralda esa, Ozodlik Abram Oqilovning og‘ir ahvoli to‘g‘risidagi o‘z videosyujetini e’lon qildi.

Ж. Кореяда заҳарланиб 8 ойдан буён тўшакка михланиб қолган ўзбек муҳожири ёрдамга муҳтож
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:37 0:00

Mehnat vazirligi: Abram Oqilovga yordam ko‘rsatish rejasi tuzildi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va bandlik vazirligi 28 fevralda o‘z rasmiy saytida quyidagi bayonotni e’lon qildi:

22-fevralda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Janubiy Koreyadagi vakili Alisher Sulaymonov Kvandjuga jo‘nab ketdi. 26-fevral kuni OAVda 8 oy mobaynida Seul shahri Novongu tumanidagi “Sanggi Pik Pionvon” shifoxonasida bo‘lib kelayotgan, 1996-yilda tug‘ilgan A.Oqilov to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. 2019-yil 27-fevralda A.Sulaymonov shifoxonada bo‘lib, bemorni yo‘qladi va jabrlanuvchining akasi Aziz Oqilov bilan uchrashdi.

Quyidagilar aniqlandi:


A.Oqilov 2018-yil 27-iyunda o‘zi ishlagan plastik qurilish materiallari ishlab chiqaradigan sex direktori bilan sog‘lig‘idan shikoyat qilib shifoxonaga kelgan. Shifokorlar birinchi yordamni ko‘rsatishgan, ukol urishgan va shundan so‘ng A.Oqilov noma’lum sababga ko‘ra komaga tushib qolgan. Shifokorlar organizmga keskin kaliy yetishmasligi, shuning oqibatida asab tizimi, shuningdek, miyaning bir qismi ishdan chiqqanligi tashxisini qo‘yishgan. Ayni paytda A.Oqilovning holati og‘ir, ammo barqaror.

Uzoq davom etgan harakatsiz yotish oqibatida tananing turli qismlarida uyushiq jonsiz joylar paydo bo‘lgan va bu irish jarayoni boshlanishiga olib kelgan. Shifokorlar tanadagi shunday joylarni yo‘qotish bo‘yicha 4 ta operatsiya o‘tkazgan.

Jabrlanuvchining akasi Aziz Oqilov kerakli ma’lumotlarni to‘plash va hujjatlarni tegishli organlarga topshirish uchun advokat yollagan. 31.12.2018 holatiga ko‘ra shifoxona 103144 koreya voni (taxminan 93 000 AQSh dollari) miqdorida hisob chiqargan. Biroq haligacha hech kim aybni zimmasiga olgani yo‘q va sug‘urta kompaniyasining maxsus Inspeksiyasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, chunki vaziyatga oydinlik kiritilgungacha sug‘urta kompaniyasi kafil bo‘lib turibdi. Inspeksiya xulosasi taqdim etilgach, ish sudga oshiriladi va yakuniy qaror sud tomonidan chiqariladi.

Jabrlanuvchining akasi Aziz Oqilov quyidagi masalalarda yordam berishni so‘radi:

1. Yuz bergan hodisada aybdorni (shifoxona yoki ish beruvchi) aniqlashga ko‘maklashish.

2. Bandlik ruxsatnomasi tizimi bo‘yicha Koreyaga ishchi kuchini yuborish Memorandumi nusxasini olish.


3. A.Oqilovning onasi va opasi uchun 3 oyga viza olish.

Mazkur holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi:

1. Ushbu masalaga oid tekshiruv ishlarida yordam ko‘rsatish murojaati bilan 2019-yil 5-fevralda Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligiga yuborilgan 01/0-02/11-868-sonli xatga javob olish.


2. Barcha masalalar hal bo‘lgunga qadar bemor A.Oqilovning holidan muntazam xabar olib turish.

3. Bemorning onasi va opasi uchun Koreyaga kirish vizasini olishda yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasiga xat yozish.

4. Ish beruvchidan badal puli, shuningdek, A.Oqilov ish haqining to‘lanmay qolgan qismini olish masalasini hal etish.


5. A.Oqilovning advokati bilan uchrashib, masalani muhokama qilish, masalani hal etishda har qanday yordam ko‘rsatish.

6. Sug‘urta kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, davolanish uchun sarflangan xarajatlarni (bugungi kun holati bo‘yicha davolanish xarajati 93 000 AQSh dollarni tashkil etmoqda) qoplash masalasini muhokama qilish.


7. Sug‘urta kompaniyasining tekshiruv natijalarini olish.

8. Fuqaroni vataniga transportirovka qilish uchun tibbiyot muassasasi ruxsatini olish (bugungi kunda bemor hayotni sun’iy saqlab turish qurilmasi ostida bo‘lgani sabab, uni transportirovka qilib bo‘lmaydi).

9. Fuqaro A.Oqilovning vataniga maxsus transportirovkasini ta’minlash.


10. A.Oqilovning O‘zbekiston Respublikasi hududida davolanishini ta’minlashda yordam ko‘rsatish.

Vaziyatni shaxsan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.Kudbiev nazorat qilib turibdi,
deyilgan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 28 fevralda e’lon qilgan bayonotida.

Hujjatda yana shunday deyilgan:

“Vazirlikning eng muhim yo‘nalishlaridan biri xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimizni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. 2018-yil mehnat muhojirlarini qo‘llab-quvvatlaydigan maxsus Fond yaratildi, Rossiya Federatsiyasi hududida qiyin ahvolda yoki hujjatlarsiz qolgan 700 nafar fuqaro qaytarildi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva (Rossiya Federatsiyasi) hamda Kvandju (Janubiy Koreya)da vakolatxonalari ochildi”.

Tashqi ishlar vazirligi: Abram Oqilov Elchixonamizning doimiy nazorati ostida bo‘lgan

Abram Oqilovning og‘ir ahvoliga oid Ozodlik xabariga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ham munosabat bildirdi. Bu vazirlikning aytishicha, Abram Oqilov bilan bog‘liq masala O‘zbekistonning “Seul shahridagi Elchixonasi doimiy nazorati ostida” bo‘lgan.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotini ham to‘liq keltiramiz:

Ijtimoiy tarmoqlarda va ba’zi OAV tomonidan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov Koreya Respublikasining klinikalaridan birida og‘ir ahvolda bo‘lib turgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalishi munosabati bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti ushbu masala mamlakatimizning Seul shahridagi Elchixonasi doimiy nazorati ostida ekanligini ma’lum qiladi.

Abram Oqilov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 2017-yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va o‘tgan yilning yozida komaga tushib shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, u yerda hozirga qadar malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Davolash tadbirlari doirasida shifoxona tomonidan O‘zbekistondan Oqilovning akasi Azizjon taklif qilingan va unga bemor bilan bir palatada qolish ruxsati berilgan.

O‘zbekiston Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda huquqni himoya qilish organlari tomonidan Abram Oqilov ishlagan kompaniyaga nisbatan ishchi mehnati muhofazasini ta’minlash qoidalariga rioya qilinganli bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Elchixonaning konsullik xodimlari mavjud muammolarni zudlik bilan hal qilish maqsadida vatandoshimiz davolanayotgan joyga bir necha bor tashrif buyurdilar va doimiy aloqada bo‘lib turibdilar.

Shu bilan birga, Janubiy Koreya idoralari tomonidan klinikaning tibbiy xodimlari shikoyati asosida noqonuniy xatti-harakatlari qayd etilgan bemorning akasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan,
deyilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

XS
SM
MD
LG