Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:09

Oliy sud xususiy shirkatning 9 million dollarlik mulkini olib qo‘yish haqida qaror chiqardi


Sud qarori bilan Toshkent markazida tortib olingan bino
Sud qarori bilan Toshkent markazida tortib olingan bino

O‘zbekiston Oliy sudi joriy yil 14 fevraldagi qarori bilan Toshkentdagi “Fayz siti” shirkatining Mirzo Ulug‘bek tuman¸ Oloy M-2 mavzeidagi xususiy mulki - umumiy maydoni 3 ming 500 kvadrat metrlik binoni davlat balansiga o‘tkazdi.

“Fayz siti” shirkati vakilining Ozodlikka aytishicha, “Sud mulkdorning mulkini tortib olish haqida nohaq qaror” chiqargan.​

Sud qarorida aytilishicha, binoni xususiylashtirish jarayonida qonun buzilgan.​

Tortib olingan binoning ichki ko‘rinishi
Tortib olingan binoning ichki ko‘rinishi

Oliy sud hakami Baxtiyor Sayfullaev raisligida o‘tgan Oliy sudning iqtisodiy ishlar bo‘yicha kollegiyasi qarorida “Fayz siti”ga tegishli bino Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga mulk qilib berilishi aytilgan.

Oliy sudning iqtisodiy ishlar bo‘yicha kollegiyasi majlisida ishtirok etgan “Fayz siti” shirkati vakili Natalya Lelikovaning Ozodlik bilan suhbat davomida aytishicha, “Sud mulkdorning mulkini tortib olish haqida nohaq qaror” chiqargan.

Lelikova binoning “Fayz siti” shirkatiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi ko‘chmas mulk ob’ektiga oid kadastr hujjati va davlat orderini Ozodlikka taqdim qildi. Hujjatlar to‘plamida Mirzo Ulug‘bek tuman¸ Oloy M-2 mavzesidagi 3 ming 500 kvadrat metrdan iborat bino 44 yashar Shohrux Azimovga tegishli “Fayz siti” savdo majmuasi mulki ekani aytiladi.

Binoning mulkdorga tegishli ekani haqidagi hujjat
Binoning mulkdorga tegishli ekani haqidagi hujjat

Tilga olingan bino Toshkent shahar hokimining 2001 yil 26 iyundagi qaroriga (Ozodlikda nusxasi mavjud) asosan “Fayz siti” shirkatiga mulk qilib berilgan.

“Fayz siti” shirkati vakili Natalya Lelikovaning Ozodlikka aytishicha¸ binoni tortib olish harakatlari bundan bir yil oldin boshlangan:

- Bino joylashgan yer jozibali. Bir tarafda "Detskiy mir" magazini¸ yana bir tarafda Bosh pochtamt. Shu bois biz bilmagan qudratli odam binoni o‘ziniki qilmoqchi. Binoni sotib olish paytida go‘yoki nokorrekt kelishuv bo‘lganmish va shuni sabab qilib bir yil oldin bizni sudga berishdi. Advokat yollab mulkimizni himoya qildik. Quyi sudlar bizning yonimizni olib qaror chiqardi. Ammo Oliy sud quyi sud qarorlarini bekor qilib binoni tortib oldi.

Natalya Lelikovaga ko‘ra¸ nizoli ko‘chmas mulkning narxi 9 million AQSh dollari turadi:

- Biz bu mulkni 2001 yili Respublika ko‘chmas mulk birjasidan 5 million AQSh dollariga sotib olganmiz. O‘tgan davr mobaynida binoni ta’mirlash va jihozlashga ketgan pullarni qo‘shganda binoning bugungi narxi 9 million AQSh dollariga teng.

203320 raqamli shartnomada (nusxasi Ozodlikda mavjud) mazkur bino narxi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari binoni tortib olish bo‘yicha ochilgan 10-1404-77 raqamli sud ishida aks etgan raqamlarda ham bino narxi 9 million dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.

Bino Toshkent markazidagi 9 qavatli binoning yerto‘lasi va birinchi qavatini o‘z ichiga oladi. Bino sud bo‘lgunga qadar Toshkentdagi eng mashhur restoran va savdo majmui hamda ombor sifatida “Fayz siti” shirkati tarafidan ishlatib kelingan.

Shirkat vakili Natalya Lelikovaga ko‘ramulkni tortib olish bo‘yicha Oliy sud majlisi bor yo‘g‘i 5 daqiqa davom etgan.

- Biz advokatimizni topishga ham ulgurmay qoldik. 13 fevral kuni ertaga sud, deb aytishdi. Bordik, ular qarorni shtampovka qilib qo‘limizga berdi.

Ozodlik O‘zbekiston Oliy sudiga 28 fevral kuni qo‘ng‘iroq qilib 10-1404-177 raqamli ish bo‘yicha 14 fevral kuni chiqarilgan qaror yuzasidan izox so‘radi.

O‘zini kotibiyat vakili deb tanishtirgan ayol “tomonlarga nusxasi berilgan qarorda barcha sabablar yozilgani va qarordan shikoyat qilib Oliy sud raisiga chiqish imkonini mavjud“ligini aytish bilan kifoyalandi.

Ozodlikda nusxasi mavjud bo‘lgan sud qarorida¸ "Binoni sotib olish paytida Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha qonun qoidalarga to‘liq rioya qilinmagani bois¸ bino davlat tasarrufiga qaytarilishi umumiy tarzda aytilgan.

Natalya Lelikovaning aytishicha, u vakili bo‘lgan “Fayz siti” shirkati “Oliy sudning nohaq qarori bois sinish arafasida”:

- Hozir binoni olish uchun har daqiqada sud ijrochisi kelishini hadik bilan kutib o‘tiribmiz. Oldin bu binoda “Yolki-palki” degan mashhur restoran ishlab turgan edi. Hozir bu restoran ishi to‘xtagan. O‘zbekistonda mulk daxlsizligi yo‘qligi¸ Oliy sudning buyurtma qaror bajarishini bizning taqdirimiz yaqqol ko‘rsatib turibdi.

XS
SM
MD
LG