Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2019, Тошкент вақти: 03:13

Toshkentdagi "Tet-aTet" tungi klubida diplomatiya universiteti talabalari pichoqlashdi


Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan “Tet-a-Tet” tungi klubida 25 fevralga o‘tar kechasi ro‘y bergan pichoqbozlik oqibatida kamida besh odam og‘ir jarohatlandi.

Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, tungi klub eshigi oldidagi pichoqbozlik Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining yuqori kurs talabalari va shu klubga kelgan noma’lum shaxslar orasidagi og‘zaki tortishuvdan boshlangan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining Ozodlikka bildirishicha, mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “e,k” bandlari - Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Pichoqbozlikka aloqador ko‘rilgan ikki kishi qamoqqa olingan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bildiruvida aytilishicha, mushtlashuvga aralashganlardan biri o‘zining shimini cho‘ntagida bo‘lgan yog‘och dastali kichik oshxona pichog‘i bilan dastlab, yigitlardan birining ort tomonidan chap kuragiga urib, tan jarohati yetkazgan, boshqa bir yigitning chap ko‘kragini shu pichoq bilan kesib yuborib, so‘ng uchinchi yigitning qorniga pichoq urib, tan jarohati yetkazgan.

Bosh prokuratura bildiruvida pichoqlashuvga aralashganlarning shaxsiga oid ma’lumotlar ochiqlanmagan.

​Jahon iqtisodiyoti va diplomati universitetining Ozodlik suhbatlashgan xodimlaridan biri ushbu voqea bilim yurtida muhokama qilinganini aytdi.

Unga ko‘ra, janjalga aloqadorlarni talabalik safidan chiqarish masalasi ko‘rilmoqda.

O‘zbekistondagi yetakchi oliygohlardan sanalmish Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yotoqxonasida 2015 yilda shu universitet talabalaridan birining o‘lik holda topilgani katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi.

Guvohlar talaba ko‘kragining bir qancha joyida jarohatlar, qotib qolgan qon izlari bo‘lganini Ozodlikka aytgandi.

“Tet-a-Tet” tungi klubidagi pichoqlashuv Toshkentda so‘nggi yetti oy ichidagi ikkinchi yirik qonli intsident bo‘ldi.

O‘tgan yilning avgust oyida Toshkentning Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubida yuz bergan pichoqbozlikda o‘zbekistonlik erkin kurashchi Jamshid Kenjaev halok bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG