Линклар

Шошилинч хабар
14 ноябр 2019, Тошкент вақти: 21:33

Oliy o‘quv yurtlarida diplom ishi sotib olish narxi ma’lum bo‘ldi


Toshkent militsiyasi hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga jazoni kuchaytirishni taklif qildi

O‘zbekiston hududida, xususan, Toshkentda itlar jangi o‘tkazilayotgani haqida xabarlar ko‘paymoqda. Bu haqda bir qator matbuot nashrlari xabar bergan. Masalan, Toshkent shahri Sergeli tumanida tashkil qilingan itlar jangi militsiya va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan to‘xtatildi.

Qayd etilishicha, ushbu tadbirni “ko‘rgazma” sifatida tashkil qilgan “O‘zbek bo‘ribosari” jamiyati rahbari jarimaga tortilgan. Toshkent shahar IIBB hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar uchun jazo choralarini kuchaytirish hamda hayvonlar jangini taqiqlashni taklif etmoqda.

O‘zbekiston qonunchiligida hayvonlar o‘rtasida janglar uyushtirishni taqiqlovchi tartib-qoida yo‘q. Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar esa eng kam oylik ish haqining 2 baravarigacha miqdorda jazolanishi mumkin.

IIBBga ko‘ra, bu yengil jazo va u shafqatsiz insonlarni to‘xtatib qola olmaydi.

Sudьya bilan gaplashib ishni hal qilishga va’da bergan advokat pora bilan qo‘lga tushdi

Namangandagi “Attorney Elite” advokatlik hay’ati advokati Akila Xusainova 1,5 million so‘m pora bilan qo‘lga tushdi (“Darakchi”, 7 mart).

64 yoshli advokat otalik huquqidan mahrum etishga doir sud ishida himoyachi sifatida qatnashgan. Da’vogar A.Ataxanova sobiq turmush o‘rtog‘i X.Qirg‘izboevni otalik huquqidan mahrum etishni so‘rab sudga murojaat qilgan.

Advokat A.Xusainova esa sudya bilan gaplashib, ishni ko‘rishni tezlashtirish va uning foydasiga ijobiy hal qilishga va’da berib, X.Qirg‘izboevdan 1,5 million so‘m pora so‘ragan.

Advokat so‘ralgan miqdordagi pulni olganidan keyin hibs qilingan. Advokat porani sudyaga chindan ham bermoqchi bo‘lganmi degan masalaga oydinlik kiritilmagan.

Oliy o‘quv yurtlarida diplom ishi sotib olish narxi ma’lum bo‘ldi

Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari orasida diplom ishini pulga yozdirish holatlari hamon davom etmoqda (“Inson va qonun”, 5 mart).

Qayd etilishicha, diplom ishini sotib olish narxlari universitet yoki institutning maqomiga ko‘ra turlicha.

Bu borada Toshkent davlat yuridik universitetidagi “stavka” yuqori: bitta diplom ishi yozdirish uchun “hojatbaror”ga 500-800 AQSh dollari to‘lash lozim.

Toshkent moliya institutida – 500 dollar, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida – 200-400 dollar, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida – 200 dollar, Toshkent davlat pedagogika institutida esa 100-200 dollarga diplom ishi yozdirish mumkin.

Qayd etilishicha, ko‘cha-ko‘yda ham “bitiruv ishi yozib beraman” degan mazmundagi e’lonlarni bemalol topish mumkin. Adliya vazirligi nashriga ko‘ra, shu tariqa diplom uchun kattagina xarajatlar qilgan talabaning keyinchalik pora olishi ehtimoli katta.

XS
SM
MD
LG