Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 08:41

OzodMikrofon: Hokimiyat 11 gektar yerimdagi paxtani uvol qilib, davlatga xiyonat qildi!


Farg‘onalik 38 yashar fermer Sherzod Hoshimov
Farg‘onalik 38 yashar fermer Sherzod Hoshimov

Ozodlikka Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidan bog‘langan 38 yashar fermer Sherzod Hoshimov o‘ziga qarashli 23 gektar yerning noqonuniy ravishda boshqa fermerga o‘tkazib berilganini da’vo qildi.

Uning shikoyat qilishicha, o‘tgan yil yozda hokimiyat qarori bilan olib qo‘yilgan yerning 11 gektar qismiga ekilgan paxta, ikki fermer o‘rtasidagi munozara bois, qarovsiz qolib ketgan.

"Men bu paxtani ekish uchun mehnat va mablag‘ sarflagan edim, gullab hosilga yaqinlab qolgan edi... Yozda hokimiyat yerni boshqa fermerga berib yuborganidan keyin ham men u yerga bordim. Ammo meni yerga kiritishmadi, hatto kuch qo‘llashdi. Shu bilan bu yerdagi paxta bo‘lmadi. Bu bilan hokimiyat nafaqat menga, davlatga ham xiyonat qildi", deb da’vo qildi fermer.

OzodMikrofon: Ҳокимият 11 гектар еримдаги пахтани увол қилиб, давлатга хиёнат қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:51 0:00
Бевосита линк

38 yashar fermer Sherzod Hoshimovning aytishicha, so‘nggi 4 yil ichida u 30 gektar yer maydonini, yaxshi ishlagani uchun, 115 gektarga yetkazgan va har yili rejani bajargan.

"O‘tgan yili Konstitutsiya kuni munosabati bilan ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Lekin shunga qaramasdan, davlatdan 30 yilga ijaraga olingan yerni o‘tgan yili mendan noqonuniy ravishda olib qo‘yishdi. Bu yil esa "maqbullashtirish" siyosati bahonasida, "o‘tgan yili rejani bajarmading", deb hamma yerimni olib qo‘yishmoqchi", deb arz qiladi fermer.

Uning aytishicha, o‘tgan yili qarovsiz qolib ketgan 11 gektar maydondagi paxtadan ko‘rilgan 40 million so‘mlik zarar yana uning bo‘yniga yuklangan.

* * * * * * * * * * * * * * * * *
“Erkin mikrofon” rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG