Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2019, Тошкент вақти: 16:30

Prezidentning amakivachchasidan aliment talab qilgan ayol sudga tortildi


Prezidentning amakivachchasi Abbos Mirziyoev va uning sobiq xotini Nargiza Jumaeva. (Suratni Ozodlikka Nargiza Jumaevaning yaqinlari taqdim etdi)

Zarbdor tuman paxta tozalash korxonasida yo‘l qo‘yilgan kamomadda ayblanib, 9 mart kuni hibsga olingan jizzaxlik 44 yashar Nargiza Jumaeva, mahalliy sudning 11 mart kungi qarori bilan viloyatdan chiqib ketmaslik haqida tilxat olinib, uyiga qo‘yib yuborildi.​

Nargiza Jumaevaning yaqinlari iddaosicha, u 2013 yili ajrashgan eri, 52 yashar Abbos Mirziyoevdan to‘rt farzandi uchun aliment talab qilgani bois tazyiqqa uchragan va jinoiy javobgarlikka tortilishi ortida sobiq erning qo‘li bor.

Nargiza Jumaevaning yaqinlari uning tazyiq ostida qolgani dalili sifatida bir necha audioyozuvni Ozodlikka yubordi.

Audioyozuvlarda erkak kishining «Seni qamataman» degan ovozi eshitiladi. Audiolarni jo‘natganlarning iddaosicha, ovoz Nargiza Jumaevaning sobiq eri Abbos Mirziyoevnikidir. Ammo bu iddaoning rost-yolg‘onligini tasdiqlovchi boshqa ma’lumot Ozodlikda yo‘q.

Abbos Mirziyoev va Nargiza Jumaevaning nikox kechasi
Abbos Mirziyoev va Nargiza Jumaevaning nikox kechasi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudi mulozimiga ko‘ra¸ shu tumandagi paxta tozalash korxonasi bosh hisobchisi Nargiza Jumaevaning "79 nafar fermer xo‘jaligiga 2018 yilgi paxta xosili uchun jami 35 mln so‘mga yaqin ortiqcha pul o‘tkazib yuborgani aniqlangan" va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi, (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jizzax viloyat prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra¸ ehtiyot chorasi sifatida 9 mart kuni hibsga olingan Jumaeva 11 mart kuni sudga olib kelinib¸ unga insbatan «tilxat» ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ya’ni Jumaevadan sudning navbatdagi ajrimiga qadar Jizzax viloyatidan chiqib ketmaslik haqida tilxat olib, uyiga qo‘yib yuborilgan.

Prezidentning kelini

Voqeani o‘rgangan jurnalist Ulug‘bek Haydarovning, Nargiza Jumaevaning aytganlariga tayanib, Ozodlikka bildirishicha, "Jumaeva o‘z sobiq eridan aliment talab qilib, uni sudga bergani uchun tazyiq qilinmoqda":

- Abbos Mirziyoev O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning qarindoshi, amakisi Asror akaning o‘g‘li bo‘ladi. 2013 yilda xotini Nargiza Jumaeva bilan ajrashib ketgan. O‘rtada 4 nafar farzand bor va ular ona qaramog‘ida qolgan. Ularning ajrashib ketganiga 6 yil bo‘lgan bo‘lsada, Abbos Mirziyoev o‘z bolalari uchun aliment bergani yo‘q. Bir oy oldin Jumaeva aliment to‘lash haqida sudga ariza berganidan keyin sobiq erining g‘azabiga uchradi¸ - dedi Ulug‘bek Haydarov.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7 fevralida fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudi Jumaevaning talabini qondirib, Abbos Mirziyoevga 4 nafar farzandi uchun aliment to‘lashni belgilagan.

Ozodlikda sud ajrimi va otalikni belgilash haqidagi hujjat nusxalari bor.

Otalikni belgilash bo‘yicha hujjat
Otalikni belgilash bo‘yicha hujjat

Qo‘lga olinishidan oldin Nargiza Jumaeva jurnalist Ulug‘bek Haydarovga erining o‘ch olish ehtimoli haqida ma’lumot berishga ulgurgan. Ulug‘bek Haydarov Jizzaxdagi «Neft-ta’minot servis» shirkati boshlig‘i Abbos Mirziyoevning «noshukur xotindan o‘ch olganiga» ishonadi:

«Nargizaning aytishicha, aliment talab qilganidan so‘ng Abbos Mirziyoev u bilan janjallashib qolgan. Katta o‘g‘lini oldiga chaqirib, “Ayang mendan aliment istabdimi, men unga ko‘rsatib qo‘yaman shamol qayoqdan esayotganini! ” deb so‘kib bergan¸ deydi Ulug‘bek Haydarov.

Jurnalistning ishonishicha¸ aliment masalasida sud hukmi chiqanidan keyin¸ Jumaeva ishlaydigan Zarbdor paxta tozalash korxonasini tuman prokuraturasidan tekshiruvchilar bosishadi".

Zarbdor tuman huquq-tartibot organlaridan birining voqeadan xabardor xodimi aytishicha, "zavoddagi taftish qonuniy bo‘lgan va mart oyining ikkinchi haftasiga belgilangan sud bu masala bo‘yicha adolatli qaror chiqaradi".

Ozodlik maqolani tayyorlash jarayonida Abbos Mirziyoev bilan bog‘lanishga urindi, lekin bog‘lana olmadi.

XS
SM
MD
LG