Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 00:17

Imon Karimova onasining tutqunlikdagi hayoti haqida Britaniya nashriga intervyu berdi


2017 yilning 31 avgust kuni Imon Karimova o‘z xolasi Lola Karimova bilan bobosi haykalining ochilishida ko‘ringan edi.
2017 yilning 31 avgust kuni Imon Karimova o‘z xolasi Lola Karimova bilan bobosi haykalining ochilishida ko‘ringan edi.

12 mart kuni Britaniyada chiqadigan The Guardian nashri O‘zbekiston marhum prezidentining nabirasi¸ Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova bilan suhbatni e’lon qildi.

Matbuotga bergan ilk intervyusida 20 yashar Imon Karimova onasining tutqunlikdagi hayotiga oid ayrim tafsilotlarni gapirib bergan.

Bu hikoyaga ko‘ra¸ 2011 yildan Britaniyadagi xususiy Brighton Collegeda o‘qiy boshlagan 15 yashar Imon¸ 2014 yil boshida Toshkentga kanikulga borganida onasi bilan turgan kvartirasiga erta tongda omonchilar tomdan arqonga osilib bostirib kirgan.

Kvartirada bo‘lgan hammani “boshiga sumka qo‘yilgan holda” chiqib ketishga majburlagan qurolli omonchilar¸ Imonning aytishicha¸ onasi va o‘ziga tegishli barcha hujjat va elektron jihozlarni musodara qilgan.

Ko‘p o‘tmay bizning tan soqchilarimiz qaytib keldi¸ faqat bu gal ular boshqacha instruksiya olgan edi. Ular endi qo‘riqchi emas¸ qamoqxona noziri edi. Onam bobomga telefon qlib¸ gaplashishga urindi¸ ammo bunga muvaffaq bo‘lmadi”¸ deydi ingliz nashriga 20 yashar Imon Karimova.

Birinchi prezidentning nabirasi¸ shundan so‘ng o‘zi Britaniyaga o‘qishga qayta olmagani¸ bir yarim yil davomida Toshkent tashqarisidagi villada onasi va uning ikki xizmatchisi bilan uy qamog‘ida saqlanganini aytadi.

Hikoyasi davomida Imon Karimova¸ onasining 30 lar o‘rtasida bo‘lgan Valentina ismli xizmatchi bu villadan chiqarilmay¸ o‘z bolalarini ko‘rishga ham ruxsat ololmagani ortidan o‘z joniga qasd qilganini aytadi.

Oilasiga bo‘lgan tahdidlarga chiday olmagan bu ayol¸ Imon Karimova iddaosicha¸ uksus ichib o‘zini o‘ldirgan va uning jasadi nosilkaga solib olib ketilganiga o‘zi shaxsan guvoh bo‘lgan.

Gulnora Karimovaning hozirda Britaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri sanalgan London School of Economicsda tahsil olayotgan qizi¸ onasining 2015 yil avgustida oshxonada uyushtirgan “mahkama majlisi” haqida ham gapiradi.

Imonga ko‘ra¸ sud’ya¸ prokurorlar va "qo‘rqqanidan a’zoyi badani titrashdan to‘xtamagan hukumat advokati" onasi tutqunlikda saqlangan villa oshxonasida bir necha soatlik sud majlisi o‘tkazib¸ hukm chiqargan.

Shundan so‘ng Imon onasidan ayri holda Toshkent chekkasidagi hukumat dachasida tashqi dunyodan ajratilgan holda yashashga majbur bo‘lgan¸ ba’zi-ba’zida faqat bitta xonada saqlangan onasini ko‘rishiga ruxsat etilgan.

Britaniya nashri Gulnora Karimovaning yillardan beri Londonda yashab kelayotgan 26 yashar o‘g‘li Islom Karimov bilan ham gaplashgan.

Yozilishicha¸ Islom Karimov onasi ayblanayotgan jinoyatlarning og‘ir ekanini tan olgan¸ ammo uning O‘zbekistondan tashqarida sud qilinishini so‘ragan.

Onamni Shveysariyada qandaydir sudga tortishlari mumkin¸ mayli uning taqdiri huquq tizimi orqali hal qilinsin. Ammo hozir unga nisbatan bo‘layotganlar onamni ham inson¸ ham ona sifatida mutlaq yo‘q qilishga qaratilgan”¸ deb iddao qilgan Imon Karimovaning akasi Islom The Guardian nashri muxbiriga.

O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ich nabirasi Islom Karimov bu suhbatda¸ onasiga yangi hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan munosabat¸ o‘zi "qattiqqo‘l diktator" deb ta’riflagan bobosi yaratib ketgan tuzumning deyarli o‘zgarishsiz qolayotganini ko‘rsatishini ta’kidlagan.

Islom Karimov¸ yangi hukumat onasi bugungi elitaning bobosi davrida qilgan iqtisodiy jinoyatlarini fosh qilishi mumkinligidan qo‘rqayotganini ayta turib¸ onasi tilga kirsa¸ "juda ko‘p narsa fosh bo‘lishi va ular hammasining bir-biriga bog‘lanib ketgani"ni aytadi.

Yillar davomida Gulnora Karimovaning otasi rejimidagi rolini tanqid qilib kelgan Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tahlilchisi Stiv Sverdlov ham¸ “oddiy o‘zbekistonliklar tomonidan eng ko‘p nafrat qilinadigan shaxslardan biri ekani”ga qaramay¸ hatto Gulnora Karimovaga ham qonunda ko‘zda tutilgan haqlar berilishi¸ xususan¸ unga qo‘yilayotgan ayblar shaffof bo‘lishi¸ uning o‘z advokati bilan muntazam uchrashishiga ruxsat berilishi lozimligini aytadi.

XS
SM
MD
LG