Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:10

Meningit xavfi: kasalga chalingan o‘quvchi sinfdoshlari va o‘qituvchilari yoppasiga emlandi


Toshkentdagi maktablardan birida “bir necha o‘quvchi meningitga chalingani, letal holat ham borligi” to‘g‘risida “kasalga chalinganlarning” sinfdoshi onasidan kelgan xabarni maktab direktori qisman tasdiqladi. Direktorga ko‘ra, bir o‘quvchining meningitga chalingani rost va u davolanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylariga ko‘ra, poytaxtdagi 1- yuqumli kasalliklar shifoxonasida meningitga chalinganlar uchun qo‘shimcha joylar hozirlangan, infeksionist vrachlar malakasi oshirilmoqda.

Менингит хавфи: касалга чалинган ўқувчи синфдошлари ва ўқитувчилари ёппасига эмланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:19 0:00
Бевосита линк

Toshkentdagi o‘qish rus tilida olib boriladigan umumta’lim maktablaridan birining direktori 12 mart kuni Ozodlik savollariga javob berarkan, 4-sinfda o‘qiydigan qiz meningitga chalinganini tasdiqladi. Ayni paytda direktor qizning sinfdoshi onasidan olingan “meningitga chalingan o‘quvchining o‘lgani”ga oid informatsiyani keskin rad etdi.

2387 o‘quvchi o‘qiydigan umumta’lim maktab direktorining aytishicha, 4-J sinfida o‘qiydigan qizning meningitga chalingani to‘g‘risida 6 mart kuni uning otasi xabar qilgan.

Direktorning aytishicha, kasalga chalingan o‘quvchi qizning otasi oilasi yoppasiga: o‘zi, xotini va uch qizi kasalga chalinganini aytgan.

“4-sinf o‘quvchisi meningitga chalinganini 6 mart kuni bilishimiz bilanoq vrachlar kelib, qizning sinfdoshlari va o‘qituvchilari – hammasi bo‘lib 55 kishidan analiz oldi, hammasi meningitga qarshi emlandi, analizlar yaxshi chiqdi, vahimaga o‘rin yo‘q”, - dedi maktab direktori.

Meningitga chalingan qiz sinfdoshining onasi o‘z xatida kasalga qarshi em narxi 347 ming so‘m ekanligi, bunday chiqimni ota-onalar ko‘tara olmasligini yozdi.

Maktab direktorining aytishicha, 55 o‘quvchi va o‘qituvchini emlash (1 ta em 330 ming so‘m) davlat hisobidan amalga oshirilgan.

4-sinf o‘quvchisi meningitga chalingani ma’lum bo‘lgan kun - 6 mart arafasida O’zbekiston24 telekanali efirga uzatgan syujetda Toshkent shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bo‘lim mudiri Dilfuza Rasulova meningit kasalligi to‘g‘risida tushuncha berarkan, bunday degan:

Meningit yuqumli kasallik bo‘lib, asosan havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Bemor yo‘talgan yoki aksirganda viruslar 1 metr narida turgan odamga yuqishi mumkin”.

Mutaxassisning aytishicha, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda, xususan, o‘quv yurtlarida kasallik tarqalib ketish xavfi kuchlidir, meningokokk infeksiyasi tarqalish xavfi qish-bahor mavsumida baland bo‘ladi, oddiy shamollash ham kasallik belgisi bo‘lishi mumkin.

Toshkent shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bo‘lim mudiri Dilfuza Rasulovaning bildirishicha, meningit epidemiyasining oldini olish tadbirlari belgilangan.

“Bugungi kunda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va Toshkent shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan ushbu kasallikning oldini olish va epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar asosida Toshkent shahridagi 1- yuqumli kasalliklar shifoxonasida meningitga chalinganlar uchun qo‘shimcha joylar hozirlangan, bemorlarni davolash uchun dori vositalari yetarli, infeksionist vrachlar malakasi oshirilmoqda”.

Ozodlik 12 mart kuni Toshkentdagi 1- yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘lim boshlig‘i, infeksionist vrach Abdulaziz Abdurahmonov bilan bog‘lanib, meningit bilan bog‘liq vaziyat haqida, shu kungacha qancha bemor yotqizilgani to‘g‘risida so‘radi. Vrach bu savollarga javob berolmasligini, buning uchun vazirlik izni kerakligini aytish bilan cheklandi.

Meningit bilan bog‘liq vaziyatga doir raqamlar O’zbekiston24 telekanalining 5 mart kungi syujetida ham keltirilmagan. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

Darakchi nashri 6 martda Toshkentdagi maktablardan birining 7- sinf o‘quvchisi meningitga chalingani, uning sinfdoshlari maktabning boshqa sinflari o‘quvchilari bilan aloqaga kirishmaydigan tarzda alohida xonada o‘qitilayotgani to‘g‘risida xabar qildi.

Shunday qilib, Ozodlik bugun o‘rgangan holat Toshkentda maktab o‘quvchilari meningitga chalinishi qayd etilgani jurnalistlarga ma’lum bo‘lgan ikkinchi holatdir.

XS
SM
MD
LG