Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2019, Тошкент вақти: 16:15

Gurlan hokimi yosh fermerning boshida kursi sindirdi


Gurlan tumani pensiya jamg‘armasi binosi

Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimi Alisher Salaev 11 mart kuni hokimlik zalida o‘tkazilgan majlisda majruh fermer otasi o‘rniga yig‘ilishga kelgan 22 yashar Dilshod Do‘stmetovni haqorat qilib, stul bilan boshiga urdi.

Ozodlikka bu majlisdan yozib olingan audio taqdim etildi.

Voqea guvohlarining aytishlaricha, 12 nafar fermerning zal sahnasiga chiqarib haqorat qilinishi va bir fermerning kaltaklanishiga majlisda qatnashgan tuman prokurori va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomoshabin bo‘lib qarab turgan.

Fermerlarni haqorat qilib urganini inkor qilgan tuman hokimi, Ozodlik tasarrufida audioyozuv borligini eshitganidan so‘ng, aloqani uzdi.

Gurlan tumani hokimligi zalida 11 mart kuni soat 11da o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etgan fermerlardan biri Ozodlikka tuman hokimining fermerlarni haqorat qilgani yozilgan audioyozuvni taqdim qildi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:23 0:00
Бевосита линк

Yozuvda¸ ovozi tuman hokimi Alisher Salaevniki deb iddao qilinayotgan shaxs¸ fermerlarni bo‘ralatib so‘kayotgani eshitiladi:

“Horom... Ey, horom. Ko‘zimga qara meni. (baqirib) Pidaraz¸ blyat”

Shundan so‘ng hokimning “onangni s... seni” degani va nimaningdir qarsillagan ovozi eshitiladi.

Yeri olib qo‘yilishidan cho‘chib ismi sir qolishini so‘ragan majlis ishtirokchilaridan birining aytishicha, tuman hokimi Alisher Salaev “Saxu diyori “ fermer xo‘jaligi rahbari Shuhrat Do‘smetovning o‘rniga majlisga kelgan uning 22 yashar o‘g‘li Dilshod Do‘smetovni haqorat qilib, urgan.

“Majlisda avval viloyat hokimining qishloq xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Qo‘chqorov Yangibozor tumanida o‘tkazilgan seminar-majlisga bormagan 12 nafar fermerni zalning sahnasiga chiqarib qo‘yib sazoyi qildi. Majlisga bormagani uchun qattiq urishdi va bir-ikkita savol-javob qilib, zaldan chiqib ketdi. Keyin tuman hokimi Alisher Salaev fermerlarni haqorat qilib, urisha boshladi. Otasi o‘rniga majlisga kelgan Dilshodni “harom, pidaras, mol, iflos” kabi so‘zlar bilan qattiq haqorat qila turib, o‘rnidan turdi-da, “onangni s...” deb o‘tirgan kursisini uning boshiga otdi. Dilshod yuzini to‘sib qoldi. Kursi shunchalik qattiq kelib uning qo‘liga urildiki, kursining bir oyog‘i qarsillab sinib ketdi”

Fermerning aytishicha, tuman prokurori va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hokimning haqorati va mushtumzo‘rligini beparvo tomosha qilib o‘tirgan.

Ozodlikka yuborilgan audioda, shundan so‘ng tuman hokimi fermerlarni haqorat qilishda davom etib, zalda o‘tirganlardan birini sahnaga chaqiradi.

“Iflos. Molsan sen¸ mol. Ey iflos¸ bu yoqqa chiq. Ko‘zimga qara ko‘zimga. Yurdingku itday bo‘lib. O‘le bo‘yningga bir ip olib. Shuncha odam eshitdiku¸ sen eshitmadingmi? Blyat, men axmoqmanda”.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:27 0:00
Бевосита линк

Audioyozuvning so‘ngida hokim hamma o‘tirganlarni bitta qilib, ruscha so‘kinadi:

“Bog‘larning ahvolini ko‘rdingizmi? Men k...t emasman. Men bir marta gapiraman. Gapimning ustidan chiqaman men. K…t ... bo‘ladi. So‘zida tura olmaydi. Xotinak bular, blyat. O‘linglar hammang ye...... v rot".

Fermerlarning aytishicha, Alisher Salaev o‘tgan yilning 3 dekabrida Gurlan tumani hokimi etib tayinlangan.

“Hokimlikka kelganidan so‘ng so‘kinish va haqorat bilan ishni boshladi. O‘sha kungi majlisdan ham hamma fermerlar xafa bo‘lib chiqdi. Prezident vakiliman, meni aytganimni qilasanlar deyapti. Agar ishni shu zaylda davom ettirsa, hammaning ko‘ngli qoladi”, deydi fermerlardan biri.

“Saxu diyori” fermer xo‘jaligi rahbari 53 yashar Shuhrat Do‘smetov Ozodlik bilan suhbatda hokimlikdagi majlisda o‘g‘li Dilshodning ham aybi borligini aytdi:

- O‘g‘lim o‘zi majlisga kechikib borganda, ayb o‘zida bo‘lgan.

Ozodlikning “majlisga bormasa yoki kechikib borsa, o‘g‘lingizni ursa bo‘ladimi” degan savoliga, Shuhrat Do‘smetov:

- Shu o‘ziyam yoshlik qilib hokimbovoga sakragandirda. Bo‘lmasa hokimbovo o‘zidan-o‘zi so‘kovradimi. Mening oyog‘im gangrena bo‘lib operatsiya qildirganman, bir yildan buyon o‘g‘lim o‘rnimga majlisga borib turardi, deb javob berdi.

Gurlan tumani hokimi Alisher Salaev
Gurlan tumani hokimi Alisher Salaev

Gurlan tumani hokimi Alisher Salaev Ozodlik bilan suhbat avvalida fermerlarni haqorat qilganini va Dilshod Do‘smetovni urganini inkor qildi:

- Kimni uribman, kimni haqorat qilibman, bilmasam bunday gaplar sizlarga qaerdan boradi?

Ozodlik hokimga uning fermerlarni haqorat qilgan ovozi yozilgan audio borligini aytganidan so‘ng:

- Bilmadim endi¸ u qaerdan yozib olingan ekan, dedida, hokim aloqani uzib qo‘ydi.

Alisher Salaev Ozodlikning keyingi qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.

XS
SM
MD
LG