Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:43

Chirchiqda maktab o‘quvchisi maktabdoshini bir musht urib o‘ldirdi


Suratning Chirchiqdagi voqeaga aloqasi yo‘q.
Suratning Chirchiqdagi voqeaga aloqasi yo‘q.

Chirchiq shahridagi 6-umumta’lim maktabning 10-sinf o‘quvchisi 9-sinf o‘quvchisini maktab hovlisida 12 mart kuni urib o‘ldirdi.

Voqea guvohlarining aytishicha, "munosabatlarini oydinlashtirgani biru-bir”ga chiqqan o‘quvchilardan kichigi bo‘yniga bir musht yeganidan so‘ng, yerga yiqilib joni uzilgan.

Shahar ichki ishlar bo‘limi mulozimining aytishicha, qotillikda gumonlangan o‘quvchi qo‘lga olingan va ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Chirchiq shahri markazida joylashgan 6-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi X.T. 12 mart kuni maktab hovlisidagi janjal oqibatida o‘lgani haqida ismi sir qolishini so‘ragan o‘qituvchilardan biri Ozodlikka xabar qildi:

“9-sinfda o‘qiydigan bola mahalladoshlaridan A. degan bolani urgan ekan. U esa 10-sinfda o‘qiydigan O.S. degan bolani chaqirib kelgan. Voqea o‘zi 3-inchi soatda boshlangan. O‘qituvchi bo‘lmagani sababli bolalar bo‘sh qolgan. Keyin tanaffus paytida ikkala bola maktab hovlisiga “birga-bir” urishgani chiqishgan. O.S. o‘zi sportchi bola, ancha baquvvat. U X.T.ning orqa bo‘yin qismiga qattiq zarba berganda, bola o‘sha yerning o‘zida yiqilgan”.

O‘qituvchining aytishicha, “Tez yordam” yetib kelganda bolaning joni uzilgan bo‘lgan:

“Shovqin-suron bo‘lgandan keyin o‘qituvchilar xabar topib chiqdi va bolani maktabning medpunktiga olib kirishdi. Ancha harakat qilishsa ham bola o‘ziga kelmadi va "Tez yordam" kelib, bolani o‘lib bo‘lgan, deb aytdi”.

Chirchiq shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan biri shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi:

“O‘lgan o‘quvchi bola ekspertiza qilindi. Bo‘yin qismiga berilgan qattiq zarbdan uning umurtqasi uzilib ketgan ekan. Urgan bola hozir qamoqqa olingan. Hozircha unga O‘zbekiston JKning 97-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Agar sud unga ozodlikdan mahrum etish haqida jazo tayinlasa, 18 yoshga to‘lguncha jazoni voyaga yetmaganlar koloniyasida, keyin esa kattalar koloniyasida o‘taydi”.

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 2018 yilning fevralida O‘zA agentligiga bergan suhbatida o‘tgan yilda maktab o‘quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan 1,5 mingdan ziyod jinoyat sodir etilganini aytgan edi.

1,5 ming jinoyatning bir nechasi haqda Ozodlik o‘z vaqtida xabar qilgan.

O‘tgan yilning 7 aprel kuni Andijon shahridagi 10-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida shaharning 29-maktabida o‘qiydigan tengqurining yuragiga pichoq sanchib o‘ldirgan.

2018 yilning fevral oyida Toshkent viloyat, Chirchiq shahridagi Ijtimoiy-iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining ikkinchi bosqich o‘quvchisi o‘zining qiz kursdoshini pichoqlagan edi.

Xususan, o‘tgan yilning 6 oktabr kuni 1- sonli Toshkent yuridik kolleji talabasi 2 kursdoshini pichoqlagan edi. Talabalardan biri voqea joyida jon berdi. Pichoqlangan yana bir talaba Toshkentdagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Toshkentdagi 1- sonli Toshkent yuridik kollejidagi “vahshiyliklar” o‘tgan hafta O‘zbekiston telekanalida ham tanqid qilingan edi.

XS
SM
MD
LG