Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:32

Botkenda janjalga sabab bo‘lgan yo‘l masalasi muhokama qilinmoqda


16 mart, shanba kuni qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtrishga qaratilgan so‘zlashuvlarning navbatdagi raundi boshlandi.

Bu haqda Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati Botkendagi o‘z muxbirlariga tayanib xabar qilishicha, uchrashuv doirasida Qirg‘iziston va Tojikistonning transport va yo‘llar vazirliklari vakillari so‘zlashuvlar o‘tkazmoqda. Tomonlar chegarada boshlangan mojaroga sabab bo‘lgan Ko‘ktosh-Oqsoy-Tomdiq yo‘li qurilishini muhokama qilmoqda.

Ushbu xabar yozilayotgan paytda Tojikiston fuqarolari to‘sib olgan O‘sh-Botken-Isfana yo‘li hamda Qirg‘iziston fuqarolari to‘sib olgan Tojikistonning Isfara tumanini Vorux eksklavi bilan bog‘lovchi yo‘l yopiqligicha qolayotgan edi.

Delegatsiyalarga Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razzaqov hamda Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Azim Ibrohimlar yetakchilik qilmoqda.

Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalarining chegaradagi vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan so‘zlashuvlar 14 martda boshlangan edi.

Qirg‘iziston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Jenish Razaqovning xabar qilishicha, tomonlar birinchi navbatdagi vazifa aholi o‘rtasidagi mojaroni bartaraf etish ekanligini ta’kidlashgan. Shundan keyingina tomonlar aylanma yo‘l qurish va chegaralarni aniqlash masalalarni muhokama qiladilar.

Uchrashuv Botken tumanining Oqsoy qishloq hukumatiga qarashli Ko‘ktosh qishlog‘ida bo‘lib o‘tmoqda.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi mojaro 13 mart kuni boshlandi. Har ikki tomondan jabrlanganlar bor.

Qirg‘iziston davlat chegara xizmati versiyasiga ko‘ra, nizoni Tojikistonning Mehnatobod qishlog‘i aholisi boshlagan, ular chegara yaqinida qirg‘iz tomonidan Oqsoy-Tamdiq aylanma yo‘li qurilishiga qarshi chiqqan.

Tojikiston chegara muassasasi bayonot berib, mojaroni yer uchastkasini egallab olishni maqsad qilgan Qirg‘iziston fuqarosi keltirib chiqarganini ma’lum qildi.

Tojikiston bergan xabarga ko‘ra, mojaro vaqtida Tojikistonningikki fuqarosi halok bo‘lgan.

15 mart kuni Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati Tojikiston bilan chegaradagi vaziyatning nisbatan barqarorligini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG