Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2019, Тошкент вақти: 20:40

Auksiondan qonuniy sotib olgan mulkimga egalik qilolmayapman!


Surxondaryo viloyat, Termiz shahridan OzodMikrofonga murojaat qilgan 38 yashar Sardor Abdurahimovning arz qilishicha u va jiyani Jonibek Allaberdiev auksionga qo‘yilgan noturar-joy binosini 657 million so‘mga sotib olgan, lekin unga egalik qilolmayapti.

“Auksionga qo‘yilgan bino Termiz tumani Yangiariq mahallasida joylashgan “Surxonnasosta’mir” DUKga qarashli bo‘lgan. Biroq unitar korxona qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lab bera olmagani sababli, iqtisodiy sud hal qiluv qaroriga ko‘ra garov mulki “E”- auksion savdosiga qo‘yilgan edi. Men uni auksionda yutib oldim. Lekin DUK sud qarori chiqqandan 9 oy o‘tib, kassatsiya shikoyati yozyapti. Men savdoga kirganimdan keyin. Vaholanki, sud qarorining amal qilish muddati 6 oy. Sud nima sababdan va qaysi asosga ko‘ra unitar korxona kassatsiyani qabul qildi? Hamma tomon o‘yin bo‘lib yotibdi”, deydi Sardor Abdurahimov.

Аукциондан қонуний сотиб олган мулкимга эгалик қилолмаяпман!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:24 0:00
Бевосита линк

Sardor Abdurahimov auksion bayonnomasini ham taqdim qildi.

Mulkka egalik qilish auktsion bayonnomasi
Mulkka egalik qilish auktsion bayonnomasi

-----------------------------------------------------------------------------------------------Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG