Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 22:02

Fermer va tadbirkorlar nazorati Bosh prokuraturadan olib qo‘yildi (VIDEO)


Prezident Mirziyoev qarori bilan Bosh prokuratura qoshidagi Agrosanoat va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha inspeksiya Vazirlar Mahkamasiga (VM) o‘tkazildi.

Shuningdek, mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish vakolati ham prokuraturadan olinib, prezident devoniga o‘tkazildi.

So‘nggi paytlarda fermer va tadbirkorlardan Ozodlikka kelayotgan shikoyatlarda ko‘proq prokuratura hamda hokimiyat rahbarlari tilga olingani kuzatilayotgan edi.

Fermerlarni nazorat qilish vakolati VMga berildi

15 mart kuni prezident imzolagan hujjatlardan biri "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarordir.

Adliya vazirligi Telegram kanalida berilgan hujjatda aytilishicha, ​yangi tuzilgan inspeksiya mamlakatda:

- qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi faoliyatning qonuniy olib borilayotganini nazorat qiladi;

- don ekinlari, paxta xom ashyosi, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazadi;

- huquqbuzarliklarni aniqlaydi, ularning kelib chiqish sababi va shart-sharoitini bartaraf etish chorasini ko‘radi,

- ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritadi.

Inspeksiya rahbarini shaxsan prezident tayinlaydi va ishdan bo‘shatadi, inspeksiya rahbariyati bevosita hukumatga hisob beradi.

Inspeksiya boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining cheklangan soni esa 1 ming 739 nafar etib belgilandi.

Ushbu inspeksiyaga yuklatilgan vakolatlarning barchasi bunga qadar Bosh prokuratura qoshida bo‘lgan Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi zimmasida edi.

Tadbirkorlar nazorati Prezidentning maxsus vakiliga o‘tdi

Mirziyoev 15 mart kuni yana bir hujjat - "Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Bu farmon bilan, tadbirkorlik faoliyatini bevosita nazorat qilish vakolati ham prokuratura mas’uliyatidan olindi.

Farmonga ko‘ra 2019 yil 1 apreldan:

- tadbirkorlar faoliyatini tekshirish va qonuniyligini nazorat qilish vakolati Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga beriladi;

- Tadbirkorlar huquqini himoya qiluvchi vakilning o‘tkaziladigan tekshiruvlarga oid qarori nazorat qiluvchi organlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan hujjat hisoblanadi.

Farmonga binoan, tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi Bosh prokuraturadan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga o‘tkazildi.

Ayni farmon bilan O‘zbekiston prokuratura organlari tizimida quyidagilar tugatildi:

- Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarining ikkita shtat birligi;

- Bosh prokuraturaning Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi;

- Bosh prokuraturaning Prezident qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari;

- Bosh prokuraturaning Soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari;

- Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tadbirkorlikni himoya qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi.

Natijada, prokuratura organlarida ishlayotgan 1 ming 198 ta shtat birligi qisqartirilib, ulardan 550 dan ortig‘i soliq qo‘mitasi va tadbirkorlar huquqini himoya qilish devoniga o‘tkazildi.

Fermer va tadbirkorlardan shikoyatlar ko‘paydi

So‘nggi paytlarda fermer va tadbirkorlardan Ozodlikka kelayotgan shikoyatlar ko‘paydi.

Shikoyatlarda, asosan, prokuratura qoshidagi inspeksiya, soliq inspeksiyasi hamda hokimiyat rahbarlarining nomlari tilga olinayotgani kuzatilmoqda.

Quyida ana shu shikoyatlardan ba’zilari:

XS
SM
MD
LG