Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:16

OzodDayjest: Sevara Nazarxon Qo‘qon xonining avlodi ekani iddao qilindi


Surxondaryoda haydovchining uquvsizligi bois “KamAZ” uch bolani bosib nobud qildi. Taniqli xonanda Sevara Nazarxon podsho avlodi bo‘lib chiqdi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Taniqli xonanda Sevara Nazarxon Qo‘qon xonlari avlodi ekani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Qo‘qon xonlari avlodi sanaladi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi rasmiy sayti ma’lum qiladi.

Qayd etilishicha, xonanda Qo‘qonning mashhur xonlaridan biri Xudoyorxonga sakkizinchi bo‘g‘in bilan bog‘langan. Ushbu holatga oid dalillar keltirilmagan.

Atoqli xonanda va kompozitor Sevara Nazarxon 1976 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U o‘zbek qo‘shiqchilik san’atini dunyoga tanitayotgan xonandalardan biri deb e’tirof etiladi.

Xonanda jahonga mashhur musiqachi va prodyuserlar bilan hamkorlik qiladi. 2005 yilda u “Yo‘l bo‘lsin” deb nomlangan albomi uchun BBC Music Awards tanlovida, “Osiyoning eng yaxshi qo‘shiqchisi” nominatsiyasida g‘olib chiqqan.

Pora olgan bandlik markazi rahbari mahkamaga tortildi

Navoiy viloyati Zarafshon shahri Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori V.E. poraxo‘rligi uchun mahkamaga tortildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon sudi raisi Dilnoza Xonbo‘taeva “Darakchi” nashri orqali ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, bandlik markazi rahbari V.E. mahalliy aholi vakillaridan birini Zarafshon shahridagi Markaziy kon boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2,5 million so‘m pora talab qilgan.

Poraxo‘rlikda ayblangan mas’ul shaxsga katta miqdorda jarima va 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Mashina qo‘l tormozi tortilmagani oqibatida uch nafar bola nobud bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Boysun tumani Toshbuloq qishlog‘ida to‘y kuni fojia ro‘y berdi (“Postda”, 16 mart).

Termiz shahridagi xususiy firmalardan birida ishlovchi haydovchi nabiralarining to‘yiga “KamAZ”da borgan va mashinasini bazm bo‘ladigan maydondan yuz metrlar berida to‘xtatgan.

Ammo qo‘l tormozi tortilmagan yuk mashinasi joyidan qo‘zg‘alib ketib, uch nafar bolani bosib nobud qilgan.

Pirovardida yuk ulovi bazm o‘tadigan sahnaga borib urilgan. To‘y azaga aylangani xabar qilingan, ammo ushbu fojiaga oid boshqa tafsilotlar bayon etilmagan.

XS
SM
MD
LG