Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:45

Qirg‘izistonlik faollar chegara oldidagi yerning bir qismi O‘zbekistonga "o‘tib ketayotganidan" norozi bo‘lmoqda


Qirg‘iz-O‘zbek chegarasidagi yozuv.
Qirg‘iz-O‘zbek chegarasidagi yozuv.

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyat, Aqsi tumanilik mahalliy faollarining iddaosicha, chegaraning mazkur hududdan o‘tuvchi qismini aniqlash chog‘ida Qirg‘iziston O‘zbekistonga belgilanganidan ko‘ra ko‘proq yer bermoqda. Faollar bu borada mamlakat prezidenti va parlamentiga o‘z dalillarini keltirgan holda murojaat yo‘llagan.

Bu haqda xabar qilgan Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga ko‘ra, muammo O‘zbekiston bilan chegaradosh Aqsi tumanining Deyres-O‘rikzor uchastkasi tarkibiga kirgan 130 gektar yer bilan bog‘liqligi aytilmoqda. Qishloqliklarning so‘zlariga ko‘ra, chegaralarni aniqlash bo‘yicha so‘zlashuvlar natijalariga ko‘ra 89 gektar Qirg‘izistonga, qolgan 54 gektari O‘zbekistonga o‘tadigan bo‘lgan.

Ko‘ngilli chegarachi va huquq faoli Baqit Uzenbaevning fikricha, chegaralar masalasi bunday yo‘l bilan yechilmasligi kerak:

«Bu borada ishlagan komissiya, xalq va davlat manfaatlari haqida o‘ylamadi. Ular yerni xuddi tort kabi bo‘lishmoqda. Shuning uchun eski xaritalarga murojaat qilish va yana chegaralarni kelishib olish borasidagi ishlarni o‘tkazish kerak. Biz foydalanib kelgan 54 gektar yer boshqa mamlakatga qanday o‘tib ketishi mumkin?»

O‘zbekistonning Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati bilan 725 chaqirimga cho‘zilgan chegarasining 80 kilometri bo‘yicha kelishuvga hali erishilmagan.

Qirg‘iziston hukumatining Jalolobod viloyatidagi vakilining birinchi o‘rinbosari Mamasali Akmatov oldinroq ikki tomonlama muzokaralar yakuniga ko‘ra, 476 gektar Qirg‘izistonga, 241 gektar O‘zbekistonga o‘tganini aytgan edi. Bahsli hududlar - Unkur-Too va Chala-Sart bo‘yicha tomonlar hozircha kelishuvga erishmagan. Mamasali Akmatovning aytishicha, Deyres qishlog‘ida yuzaga kelgan masala bo‘yicha tashvishlanishga asos yo‘q.

Bugungi kunda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi 1378 kilometrli chegaraning 1170 kilometri bo‘yicha kelishuvga erishilgan. 2018 yilda bahsli uchastkalarni aniqlash bo‘yicha ishlarning barchasi aniqlashtirib bo‘lingani, biroq delimitatsiya va demarkatsiya jarayonlari hanuz davom etayotganligi ma’lum qilingandi. Har ikki respublikaning ishchi guruhlari bu masalada muntazam ravishda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishadi.

XS
SM
MD
LG