Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2019, Тошкент вақти: 09:59

Ichki ishlar sobiq mayori: DXX meni “podstava” qildi


Surxondaryo viloyati, Uzun tumani ichki ishlar bo‘limida voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha inspektor vazifasida ishlagan, mayor 34 yashar Nilufar Ortiqovaning “OzodMikrofon”ga arz qilishicha, Davlat xavfsizlik xodimlari amaldagi barcha qonunlarni buzib, uni pora olganlikda ayblagan.

“Men Uzun IIB da xodima bo‘lib ishlardim, bir fuqaroga haqiqatda huquqiy maslaxat berdim. Surxondaryo viloyati DXX xodimlari o‘sha fuqaroga majburiy ariza yozdirishib, menga nisbatan soxta tadbir uyushtirib, cho‘ntagimga pul tiqib, sen pora olding deb ayblov qo‘yishdi. Aslida qo‘limdan kukun izi chiqmadi, ular menga pulni majburiy ushlatib, keyin surtma olishdi, bu holatning video tasviri bor.

Ички ишлар майори: ДХХ мени “подстава” қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:38 0:00
Бевосита линк

Men ayol kishiman, menga nisbatan o‘tkazilgan tadbirda mutaxassis va xolislar ayol jinsida bo‘lishi lozim, lekin ular menga nisbatan erkak mutaxassis va erkak xolislar ishtirokida tadbir qilishdi bu qonunga umuman zid.

Arizachi arizani o‘zi yozmagan va imzolamagan, bu uning imzosi ikki xilligidan ko‘rinib turibdi. Arizaga umuman boshqa odam tarafidan imzo qo‘yilgan. Lekin tergovchi ham, sudya xam buni umuman e’tiborga olmadi. Ular hammasi DXX xodimlaridan qo‘rqishadi.

Ishda ishtirok etgan xolislardan biri DXXda ishlovchi mulozimning o‘g‘li, ikkinchisi DXXga ishga kirish uchun hujjat topshirgan nomzod.

Xolislar birinchi sudda telefon orqali chaqirtirilganliklari, diktofon so‘zlashuvlarini umuman eshitmaganliklarini, haqiqatda biri xodimning o‘g‘li, biri nomzod ekanliklarini tan olgan bo‘lsada, sudya bu holatlarga e’tibor bermadi, chunki uning yagona maqsadi DXX mulozimlarini aytganini qilib menga nisbatan hukm o‘qish edi.

Yurtboshimiz fuqarolarga nisbatan davlat amaldorlari shaffof bo‘ling deb aytganlari bilan, hali ham fuqarolar nohaq ayblanmoqda, haqiqatni topish o‘lim bilan barobarligicha qolib ketmoqda. Insonlarning taqdiri davlat amaldorlari, sudyalar uchun bir pullik qiymatga ega emas”, deydi sobiq mayor Nilufar Ortiqova.

-----------------------------------------------------------------------------------------------Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG