Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:15

Turkiyaning yirik shaharlarida mahalliy saylovlarda Erdog‘an partiyasi hukmronlikni qo‘ldan boy berdi


Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning hukmron AKP partiyasi poytaxt Anqarada mahalliy saylovlarda hukmronlikni qo‘ldan boy berdi. Partiya 2001 yilda tuzilganidan beri bunday muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lmagan edi. Ilk ma’lumotlarga ko‘ra, AKP (Adolat va qalqinma partiyasi) partiyasi Istanbulda ham hukmronlikni qo‘ldan boy berishini kutish mumkin.

Erdog‘an yakshanba kuni o‘tkazilgan saylovlar arafasida ikki oy mobaynida shiddatli saylov kampaniyasini o‘tkazgan edi.

Ammo prezidentning kundalik chiqishlari hamda uni ijobiy tasvirlab kelgan matbuot urinishlari Turkiyaning ikki yirik shahrida saylovchilarni hukmron partiyaga yana ovoz berishga unday olmagani ma’lum bo‘ldi.

Mahalliy matbuot muxolif Respublika xalq partiyasi (CHP) nomzodi Mansur Yavash Anqarada g‘alaba qozonganini xabar qildi. Istanbulda esa saylov qog‘ozlari sanalar ekan, CHP partiyasi nomzodi raqibidan deyarli 28 ming ovozga oldinda ekanligi xabar qilindi.

Muxolifat yetakchisi Kemal Qilichdarog‘lu:

- Xalqimiz demokratiya uchun ovoz berdi, demokratiyani tanladi, - dedi.

Siyosatchi CHP dunyoviy partiyasi Anqara va Istanbulda g‘alaba qozonganini, mamlakatdagi uchinchi yirik shahar Izmirda ham hukmronlikni saqlab qolganini ta’kidladi.

Anadolu agentligi saylovda saylovchilarning 84,51 foizi ovoz berganini xabar qildi.

Erdog‘anning islomiy tomirlarga AKP partiyasining Anqarada hukmronlikdan qo‘ldan boy bergan prezident uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Poytaxtdan uch barobar katta Istanbulda mag‘lubiyatga uchrash esa prezident uchun bundan ham og‘ir yo‘qotish bo‘ladi.

Oliy saylov komissiyasi raisi Sadi Guven CHP partiyasining Istanbuldagi nomzodi Ekrem Imamog‘lu 4 159 650 ovoz to‘plaganni, raqib AKP partiya nomzodi sobiq bosh vazir Binali Yildirim 4 131 761 ovoz olganini ma’lum qildi.

Guven saylov natijalari yuzasidan shikoyat qilish uchun uch kun berilishini aytdi. Guven Istanbuldagi 31 186 saylov qutisining 84 tasi hali nosozliklar tufayli skan qilinmaganini qo‘shimcha qildi.

Yakshanba oqshomida tarafdorlari oldida so‘zga chiqqan Erdog‘an Istanbulda AKP mag‘lub bo‘lganini qisman tan olar ekan, shaharning aksar tumanlarida o‘z partiyasi nomzodlari g‘alaba qozonganini aytdi.

Erdog‘an Turkiya bundan nari 2023 yilga belgilangan milliy saylovlargacha oqsoqlab kelayotgan iqtisodiga asosiy e’tibor qaratishini aytdi.

Avvaliga bosh vazir, so‘ngra prezident sifatida Turkiya siyosiy boshqaruvini belgilab kelaëgan Erdog‘an 2017 yil munozaralari referendum o‘tkazdi. Xususan, u bosh vazirlikdan ketib, prezident etib saylanganidan so‘ng Turkiyani parlament boshqaruvidan prezident boshqaruviga o‘tkazdi va prezidentga nihoyatda kuchli vakolatlar berdi.

Bu referendum va 2018 yil o‘tkazilgan prezident saylovi xalqaro hamjamiyat tomonidan tanqid qilindi.

Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar Erdog‘anning 2028 yilgacha hokimiyatda qolishiga yo‘l ochadi.

O‘tgan yilda turk lirasi keskin qadrsizlanib, mamlakat iqtisodi muammolarga duchor bo‘la boshladi. 20 foizga yaqin inflyatsiya hamda o‘sib borayotgan ishsizlik tufayli saylovchilar Erdog‘an partiyasini jazolashga qaror qilgan bo‘lishi mumkin.

Turkiya rasmiylari lira yanada qadrsizlanishiga qarshi kurashar ekan, Erdog‘an mamlakati duchor bo‘layotgan iqtisodiy muammolarda G‘arbni aybladi.

Mutaxassislar Istanbulni hisobga olmagan AKP 12 yirik shaharning 7 sida mag‘lub bo‘lganini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG