Линклар

Шошилинч хабар
22 ноябр 2019, Тошкент вақти: 23:28

Xalq ta’lim vaziri O‘zLiDep partiyasi gazetasini sudga berdi


"XXI asr" gazetasi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov mamlakatda rasman qayddan o‘tgan beshta siyosiy partiyadan biri - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining (O‘zLiDep) rasmiy nashri - "XXI asr" gazetasini sudga berdi.

Gazeta xodimlariga ko‘ra, sud Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudidasudida 3 aprel kuni ko‘rib chiqiladi.

Maqola nima haqda edi?

Vazir Sherzod Shermatov sudga yo‘llagan shikoyat arizasida "XXI asr" gazetasida 2019 yil, 17 yanvarda e’lon qilingan "Vazir matbuot erkinligini qanday tushunadi?" sarlavhali maqola yuzasidan gazeta tahririyati va maqola muallifi Mahmud Sa’diyga nisbatan "o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish va ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida"gi da’vo arizasini ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Taniqli jurnalist Mahmud Sa’diy ​o‘zining "Vazir matbuot erkinligini qanday tushunadi?" maqolasida Xalq ta’limi vazirini gazeta o‘qimaslikda, jurnalistlar faoliyatini nazorat qilishga urinishda ayblagan.

Mahmud Sa’diy: Men vazirni haqorat qilmaganman

Ozodlik bilan 1 aprel kungi suhbatda jurnalist Mahmud Sa’diy "vazirni haqorat qilmaganligini" ta’kidlar ekan, jumladan, bunday dedi:

- O‘sha yozganimdek, vazir gazeta o‘qimaydi va jurnalistlar faoliyatini nazoratda tutishni istaydi. Bu gapimdan qaytmayman. Vazirni prezident olib borayotgan oshkoralik siyosatining dushmani deb hisoblayman¸- dedi jurnalist.

Vazirning sudga arizasida nima deyilgan?

Mavzuni o‘rganish jarayonida Ozodlik vazir Sherzod Shermatov bilan bog‘lana olmadi. Lekin Ozodlikda uning shikoyat arizasi fotonusxasi mavjud.

Shermatov o‘z shikoyatida "Vazir matbuot erkinligini qanday tushunadi?" maqolasi "ayni paytda mamlakatimizda olib borilayotgan majburiy obunaga qarshi kurash, shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan olib borilayotgan davlat siyosatiga qarshi nuqtai-nazarni ifodalovchi maqola" bo‘lganligini yozgan.

Vazir Shermatovning fikricha, maqola mullifi ham, tahririyat ham "o‘zlari haqiqat deb ishonayotgan iddaolarining haqqoniyligini tekshirishmagan".

Arizachiga ko‘ra, e’lon qilingan maqola "muallifi bilan bir qatorda mazkur ro‘znomani chiqaruvchi tashkilot javobgar"dir.

Gazeta vakili: Biz vazir raddiyasini ham chop qilganmiz

"XXI asr" gazetasi xodimining Ozodlikka bildirishicha¸ redaksiya Vazir Sherzod Shermatovning raddiyasini chop qilgan:

- Biz ustoz jurnalist Mahmud Sa’diy hamda vazirga birdek imkon berdik. Ammo raddiya e’lon qilinganidan keyin ham vazirning bizni sudga bergani davlat arbobiga yarashmaydigan injiqlik bo‘lib ko‘rindi. "Terisi nozik" vazir keltirgan vajlarni sud o‘rinsiz deb topadi deya ishonamiz¸ - dedi ismi aytilishini istamagan gazeta xodimi.

"Sherzod Shermatov - erkin matbuot tarafdori"

Ayni paytda, taniqli jurnalist va muharrir Mahmud Sa’diydan farqli o‘laroq Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovni yuqori baholovchilar ham bor. Ulardan biri, jurnalist Nozim Safarovning ishonishicha, Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov matbuotga eng yaqin mulozimdir:

- Shermatov OAVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn intervyu bergan yagona mansabdor. Bemalol men uni erkin matbuot tarafdori deb ayta olaman.

Bu birinchi ish emas

Yuqori lavozimli davlat mulozimining gazetani sudga berishi zamonaviy O‘zbekiston tarixida ikkinchi marotaba yuz bermoqda.

2003 yilda O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi raisi (vazirga tenglashtirilgan) Rustam Shog‘ulomov "Mohiyat" gazetasida hajviy she’r e’lon qilgan shoir Baxrom Ro‘zimuhammadni sudga berib yutqazgan edi.

Besh mingtalik gazeta

15 yil muqaddam ta’sis etilgan "XXI asr" gazetasi haftasiga bir marta besh ming nuxsada chop etiladi.

O‘zLiDep muassisligidagi gazetada qirqqa yaqin xodim ishlaydi.

2003 yilda faolyatini boshlagan O‘zLiDep - "kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan umummilliy siyosiy tashkilot" hisoblanadi.

"XXI asr" gazetasi xodimlaridan birining Ozodlikka aytishicha, gazeta ustidan da’vo arizasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudida 3 aprelda ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG