Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2019, Тошкент вақти: 00:59

Qirg‘iz-qozoq chegarasida 300ga yaqin yuk mashinasi 10 kundan beri Qozog‘istonga o‘tolmay turibdi (VIDEO)


Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi «Ak-Tilek - Avtojol» nazorat-o‘tkazish punktidagi yuk tashuvchi mashinalar.

Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi «Ak-Tilek» nazorat-o‘tkazish punktida bir necha kundan beri 300ga yaqin yuk tashuvchi avtomashina qo‘shni davlatga o‘tolmay, navbatda turibdi.

Қирғиз-қозоқ чегарасида 300га яқин юк машинаси 10 кундан бери Қозоғистонга ўтолмай турибди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:57 0:00

Besh kundan beri chegaradan o‘tolmay turgan qirg‘izistonlik haydovchi Sur Ismar va uning sherigi yana necha kun navbatda turishlarini bilmaydilar. Sur Ismarning aytishicha, ular besh kun ichida ikki marta chegara-bojxona tekshiruvdan o‘tolmay, yana Qirg‘izistonga qaytishga majbur bo‘lganlar.

- Mashinaning ichida ovqat pishirib, mashinaning ichida yashayapmiz. Bugun kartoshka qovurdik. Hayriyatki, uyimizga yaqin joydamiz. Boshqa yerlardan kelgan haydovchilar bir amallab kun kechirishayapti. Biz ikki marta chegaradan o‘tolmadik. Hujjatlarimizning barchasi qonuniy, kamchiligi yo‘q. Shunga qaramay, nega chegaradan o‘tkazishmayotganini yaxshi tushuna olmayapman, - deydi Sur Ismar.

Қирғиз-қозоқ чегарасида юк машиналарининг турнақатор навбати пайдо бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:56 0:00

Ismarning sherigi Juma Rahim navbatda turgan kunlari uchun ko‘rayotgan zararlarini kim qoplashi noma’lum ekanidan tashvishlanmoqda:

-Qachon navbatimiz yetib kelib, chegara hududiga kirishimiz noma’lum. Tunda bu yerlar sovuq bo‘ladi. Mashinani o‘t oldirib uxlashimizga to‘g‘ri keladi. Bu chiqimlarni kim to‘lab beradi? Firmaga ham, mashinaning egasiga ham bu gaplarni aytdik. Hozircha ular bu savolimizga javob berishmadi.

Ayrim haydovchilar Qozog‘iston tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari va Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarnigina o‘tkazayotganini aytmoqdalar. Haydovchilarga ko‘ra, Qozog‘iston tranzit yuklarni ham o‘tkazmayapti.

-Biz firmadan vakil kelishini kutib turibmiz. “Vakil kelsa, keyin o‘tkazamiz”, deb aytishdi. Chegaradan o‘tolmay, ortga qaytgan haydovchilar qozoq tomoni bitta mashinani bir necha soat tekshirayotganini aytishayapti. Avvallari mashinani rentgenda tekshirib, o‘tkazib yuborishar edi. Hozir esa har bir tovarni hujjatga asosan tekshirib, donalab sanab chiqishayapti, soni, mahsulot turi hujjatda ko‘rsatilgan ma’lumotga to‘g‘ri kelish-kelmasligini tekshirishayapti. Masalan, kecha bir haydovchi kepkaning soni hujjatda ko‘rsatilganidan bir-ikkita ko‘p bo‘lgani uchun chegaradan o‘tkazilmabdi. Asosan Xitoydan olib kirilayotgan mahsulotlarni qattiq tekshirishayapti ekan. Bu yerda turganimizga uch kun bo‘ldi. Biz bu vaqtda Rossiyaga yetib borib, yukni tushirishimiz kerak edi. Endi nima bo‘ladi, bilmayman, - deydi rossiyalik haydovchi.

Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi «Ak-Tilek - Avtojol» nazorat-o‘tkazish punktidagi yuk tashuvchi mashinalardan iborat navbat 19 martdan boshlab paydo bo‘ldi.

Qirg‘iziston Chegara xizmatining 1 aprelda bildirishicha, hozir bu yerda 270ta avtomashina navbatda turibdi. Nazorat-o‘tkazish punkti boshlig‘i, mayor Azamat Anarbaev yuk tashuvchi mashinalarning chegaradan o‘tishiga Qirg‘iziston tomoni hech qanday to‘sqinlik qilmayotganini aytdi:

-Bu holat avtomashinadagi yukning hajmi hujjatlardagi ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmayotgani ortidan paydo bo‘ldi. Qozoq tomoni hozir bir soatda beshta mashinani o‘tkazayapti. Avvallari esa bir soatda o‘nta avtomashina o‘tkazilar edi.

Anarbaevning aytishicha, qozoq tomoni o‘tkazmay, ortga qaytargan mashinalar egalari omadi chopib, chegaradan o‘tib ketishiga umid qilgan holda yana navbatga turmoqda. Chegarachilar ularni navbatni uzaytrimay, ortga qaytishga undamoqda.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, 31 mart kuni chegaradan 158ta yuk avtomashinasi o‘tkazilgan. Avvallari esa bu yerdan kuniga 300-400ta yuk mashinasi o‘tkazilardi.

XS
SM
MD
LG