Линклар

Шошилинч хабар
17 январ 2020, Тошкент вақти: 23:42

Turkmanistonda ayol haydovchilar guvohnomalari tortib olinmoqda


"Zolotoy vek"da 1 aprel kuni bosilgan karikatura

Turkmaniston Davlat axborot agentligi nazoratidagi “Zolotoy vek” onlayn gazetasi 1 aprel – hazil va mutoyiba kuni ayol haydovchilar mazax qilingan karikaturani chop etdi.

Bu karikaturani ko‘rib, turkman erkaklari kulgan bo‘lishi mumkin, lekin u xotin-qizlarning kulgisini qistatdi, xolos.

Karikaturada yo‘l harakati belgilari, xususan “Kirish taqiqlanadi”, “Boshqa xavf-xatarlar” hamda “Asosiy yo‘l” belgilari aks etgan taqinchoqlarni taqib olgan ayol haydovchini ko‘rish mumkin.

Ozodlikning Ashxoboddagi muxbirlaridan biri ismini oshkor qilmaslik sharti bilan intervyu berib, karikatura muallifi Atajan Ashirov o‘z ishida ayollarning avtomobil haydashiga istehzo bilan yondashishini izhor qilganini aytdi.

- Bu karikatura rasmiylarning ayollarni avtomobil haydash huquqidan mahrum qilish harakatlariga mos tushadi. Suratdagi ayol “Kirish mumkin emas” belgisi tasvirlangan munchoq taqib olganingga e’tibor qiling. Bu bilan ular ayollar o‘ta olmasligini aytmoqchi, - dedi muxbir.

Turkmanistonda ayollarga transport vositalarini haydashni man etuvchi rasmiy qonun yoki qaror yo‘q. Guvohnoma olishda ham ayollar hech qanday yuridik to‘siqlarga duchor bo‘lmaydi.

Ammo uzoq yillardan beri ayollar rasmiylar ularga kamsitib kelayotganidan nolib keladi.

Hatto hukumatning quyi qatlamlarida prezident ma’muriyati aralashuvisiz biror chora ko‘rilmaydigan mamlakatda ayollarning mashina haydashini cheklash buyrug‘i prezident Gurbanguli Berdimuhamedov tashabbusi ekanligini taxmin qilish mumkin.

2016 yilning martidan Ozodlik radiosi haydovchilik sinovlari davomida ayollarga erkaklarga nisbatan qat’iyroq talablar qo‘yilayotgani haqida xabar qilgan edi. 2018 yilning boshida esa Ozodlik haydovchilik guvohnomasiga ega ayollar o‘z hujjatlarini uzaytirishda muammolarga duchor bo‘layotgani haqida xabar qildi.

Joriy yilning fevralida esa turkman politsiyasi poytaxt Ashxobodda gavjum chorrahalarda asosan ayol haydovchilarni to‘xtatib, ularning avtomobillarini tekshira boshladi. Fevral yakunida poytaxt ko‘chalaridan birida politsiya birdaniga 20 nafar ayol haydovchini to‘xtatgani xabar qilindi. Kuniga 120 ga yaqin ayol mashinasi chala aptechka, nosoz ehtiyot g‘ildirak yoki ogohlantiruvchi uchburchak yo‘qligi uchun jarima maydonchasiga olib ketilayotgani xabar qilindi.

Ashxobod turg‘unlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda politsiya xodimlari aptechkasida “Analgin” o‘rniga patentlanmagan og‘riq qoldiruvchi dori bo‘lgani uchun mashinasini jarima maydonchasiga olib ketganini aytdi.

Boshqa bir holatda haydovchilik guvohnomasi tortib olingan ayol politsiya xodimi ortidan quvlab borib, uni so‘roq qilgan va suhbatni telefoniga yozib olgan. O‘sha ayol so‘zlariga ko‘ra, video yozishni boshlashidan avval politsiya xodimi unga rasmiylardan shaharning asosiy ko‘chalarida ayollar mashina haydashiga yo‘l qo‘ymaslik haqida buyruq kelib tushganini aytgan.

Mart oyida hukumat idoralarida ishlayotgan ayollar guvohnomalari tortib olinmayotgan edi. Ammo o‘tgan haftada Turkmaniston Ichki ishlar vazirligida ishlaydigan ayol guvohnomasini saqlab qolishni istasa, mashina haydamasligi kerakligi haqida ogohlantirilganini aytdi.

XS
SM
MD
LG