Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:12

Yolg‘on xabar bois, Makedoniya-Gretsiya chegarasida yuzlab muhojir politsiya bilan to‘qnashdi


Makedoniya-Gretsiya chegarasidagi to‘qnashuv, 6 aprel, 2019 yil
Makedoniya-Gretsiya chegarasidagi to‘qnashuv, 6 aprel, 2019 yil

Gretsiya politsiyasi Shimoliy Makedoniya bilan chegara yaqinida Markaziy Yevropaga otlangan yuzlab muhojir bilan to‘qnashdi.

6 aprel kuni ayrim muhojirlar politsiya xodimlariga tosh uloqtirishi ortidan ularga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llanilgani xabar qilindi.

Gretsiya rasmiylari so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvlarga ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy Yevropaga borishga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilingani haqidagi noto‘g‘ri xabarlar sabob bo‘lgan.

Qochqinlar 4 aprel kuni Gretsiya-Shimoliy Makedoniya chegarasiga yaqin hududda joylashgan Diavata muhojir lageri yoniga kelib, palatka yoygan.

Migratsiya siyosati vazirligining shimoliy Gretsiya bo‘yicha koordinatori Nikos Ragos AP agentligi bilan suhbatda:

- Muntazam ravishda feyk xabarlarga qarshi kurashishimiz kerak, - dedi.

Gretsiyaning Ant1 telekanali “Umid karvoni” deb nomlangan tashkilotning 5 aprel kuni ijtimoiy tamrmoqlarda Gretsiya Shimoliy Makedoniya bilan chegarani ochishi haqidagi xabari skrinshotini ko‘rsatdi.

Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, Gretsiyadagi muhojirlar asosan Suriya, Iroq va Afg‘onistondan borgan.

Suriyalik 36 yashar qochqin Yosir Reuters agentligi bilan suhbatda:

- Gretsiya politsiyasi bilan kurashishni xohlamaymiz. Yevropaga borishni istaymiz, xolos.Gretsiyada qolishni esa istamaymiz, - dedi.

Bu orada Turkiyada Anqara o‘z chegarasini ochgani haqidagi yolg‘on xabarlar ortidan Gretsiyaga otlangan taxminan 1200 nafar muhojir qo‘lga olingan. Bu haqda Turkiya matbuoti xabar tarqatdi.

2016 yilda Bolqon davlatlari o‘z chegaralarini yopib, Markaziy va G‘arbiy Yevropaga eltuvchi asosiy yo‘lni to‘sib qo‘yishi ortidan minglab muhojir va qochqin Gretsiyadan chiqa olmay qoldi.

2015-2016 yillarda bir milliondan oshiq odam ushbu marshut orqali Germaniyaga yetib olgan.

XS
SM
MD
LG