Линклар

Шошилинч хабар
15 декабр 2019, Тошкент вақти: 23:14

O‘zbekistonga qaytgan qochqin garov evaziga ozod etildi (AUDIO)


Abror Xidirov farzandlari bilan

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan, Strasburg sudi tomonidan himoyaga olingan va o‘z ixtiyori bilan 1 aprel kuni O‘zbekistonga qaytgan navoyilik Abror Xidirov ozodlikka chiqarildi.

Ozodlik bilan suhbatda Abror bir hafta davomida Navoiy Ichki ishlar boshqarmasi va prokuraturasida so'roq qilingani va tergov yakuniga qadar garovga qo‘yib yuborilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonga o‘z ixtiyori bilan qaytib borgan navoiylik 40 yoshli Abror Xidirov ozodlikka chiqarildi.

1 aprel kuni Moskvadan Qarshiga uchib kelgan Abrorni aeroportda Navoiy viloyat ichki ishlar boshqarmasi vakillari kutib olgan va boshqarmaga savol-javob qilish uchun olib ketgan edi.

8 aprel kuni Ozodlik muxbirlari bilan suhbatda u 10 million so‘m garovga qo‘yib yuborilgani, tergov davom etsada u ijobiy yakunlanishiga ishonishini bildirdi.

- Kutib olishdi, olib kirishdi. Bir hafta davomida tergov-so‘roq rasmiyatchiligik bo‘lib, hozir 10 million so‘m garov ostida ochiqqa chiqarishdi. Sud bo‘ladi. Shunaqa shart bilan qo‘yvorishdi. “Tergov qilishdan oldin chaqiramiz”, deyishdi. Sudgacha, bularni aytishicha, hamma narsani tekshirishadi. Menga qo‘yilgan diniy motivdagi ayblovlar og‘zaki, birovning ko‘rsatmasi bilan bo‘lgan edi. “Iloji boricha qo‘yilgan ayblovlarni olib tashlaymiz”, deyishdi. Xudo xohlasa, bo‘lib qoladi, dedi Abror Xidirov.

Olti yillik muhojirlikdan qaytgan Abror uyida ikki farzandi va rafiqasi kutib olganini ham aytdi.

Navoiylik Abror Xidirov farzandlarini 6 yil ko‘rmagan
Navoiylik Abror Xidirov farzandlarini 6 yil ko‘rmagan

U bir haftalik Navoiy viloyat militsiya boshqarmasi binosida olib borilgan surishtiruv davomida hech qanday bosimga uchramagani, ichki ishlar organlari xodimlari odob saqlagan holda u bilan o‘zlarini tutishganini bildirdi:

- Munosabat yaxshi bo‘ldi. Hech qanday bosim yo qo‘pollik bo‘lgani yo‘q. Hatto baland ovozda gapirishgani yo‘q. Bugun zalog bilan bog‘liq rasmiyatchilik tugaguncha advokat bilan kirib, tergov berildi. Vaziyat oldingidek emas – biz ham eshitgan edik. Bunaqa moddalarga meni aloqam yo‘q – yozgan odam bilan yuzlashtiringlar, dedim. Bolalarimni 6 yil bo‘ldi ko‘rmaganimga – ancha katta bo‘lib qolgan. Sizlarga ham rahmat, dedi Abror Xidirov.

Suhbatdosh terrorchilik va ekstremizmdek og‘ir jinoyatlarda ayblanayotganiga qaramasdan, o‘z yurtiga qaytmoqchi ekanini bildirganda uni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lganlar ham kam bo‘lmadi, dedi.

Аброр Хидиров: Менга ходимларнинг муносабати яхши бўлди!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:45 0:00
Бевосита линк

Abrorning rafiqasi Muhayyo Saidova unga og‘ir kunlarda yordam ko‘rsatgan advokatlar, huquq himoyachilari va jurnalistlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi:

- Men bilan hamnafas bo‘lgan, qo‘llab-quvvatlaganlarni bir umr duo qilaman. Bolalarim judayam xursand – tasavvur qilmaysiz! Otasidan bir minut orqasidan qolmay yuribdi. Qarindoshlarimiz ham xabar topdi. Buguncha Abror dam olsa, ertadan kelishni boshlashadi, dedi suhbat yakunida Muhayyo Saidova.

2013 yil, A.Xidirov Rossiyaga ketishidan oldin
2013 yil, A.Xidirov Rossiyaga ketishidan oldin

O‘zbekistonda Jinoyat Kodeksining 244-2 (Diniy ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish) va 223- (Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish) moddalari asosida xalqaro qidiruvga berilgan 40 yashar navoiylik Abror Xidirov 1 aprel kuni Qarshiga uchib kelgandi.

Ketishidan bir necha kun oldin Ozodlik tahririyatiga Moskvaning Saxarovo deportatsiya qamoqxonasidan qo‘ng‘iroq qilgan Abror Strasburg sudi uni O‘zbekistonga berib yubormaslik to‘g‘risida qaror chiqarganiga qaramasdan yangi hukumat va’dalari va adolatli sudga ishonib O‘zbekistonga qaytayotganini gapirgan edi.

​Abror Xidirov Rossiyaga 2013 yili ishlash uchun kelgan edi. 2017 yili Moskva politsiyasi uni hujjatini tekshirish uchun to‘xtatgan va O‘zbekiston uni xalqaro qidiruvga bergani ma’lum bo‘lganidan keyin hibsga olgani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergandi.

2017 yilning 26 iyul kuni O‘zbekistondan 2 yosh bolasi bilan Moskvaga uchib kelgan Abror Xidirovning xotini va farzandlari Rossiyaga kiritilmagan va O‘zbekistonga qaytarib yuborilgan edi.

O‘zbekistonda diniy motivlar bilan qidiruvga berilgani aytilayotgan Xidirovni Moskvadagi “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti​ o‘z himoyasiga olgan.

Xidirovning advokatlari O‘zbekiston vatandoshiga nisbatan shoshilinch chora ko‘rish uchun Yevropa inson haqlari sudiga iltimosnoma yo‘llab, Abrorga nisbatan 39-Qoida qo‘llagani, ya’ni O‘zbekistonga berib yuborishni to‘xtatishga erishgan.

XS
SM
MD
LG