Линклар

Шошилинч хабар
08 декабр 2019, Тошкент вақти: 21:46

Ikki yigit zo‘rlaganini iddao qilgan 9-sinf o‘quvchisining ishi yopildi


Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanidagi maktablardan birida o‘qiydigan 9-sinf o‘quvchisi 18 fevral kuni ikki yigit tomonidan zo‘rlanganini iddao qildi.

Qizning da’vosicha, tanish yigit aldov yo‘li bilan uni bir uyga olib borgach, 2 o‘rtog‘ini chaqirgan. Yigitlarning ikkisi qizni zo‘rlagan, uchinchisi esa zo‘rlashga uringan.

Sho‘rchi tumani ichki ishlar bo‘limi tergovchisi, bu voqeada jinoyat tarkibi aniqlanmagani sababli, ish qo‘zg‘atilmaganini bildirdi.

Qiz iddaosi

Ismi ochiqlanmayotgan 16 yashar qizning Ozodlikka aytishicha, joriy yilning 18 fevral kuni u maktabdan chiqqanida, tanish yigitlardan biri taksida uyigacha eltib qo‘yishni taklif qilgan:

“A. ismli yigit faqat men bilan emas, boshqa sinfdoshlarim bilan ham do‘st edi. O‘sha kuni darsdan chiqsam, yomg‘ir yog‘yapti ekan. To‘g‘ri avtobus bekatiga qarab ketayotganimda, o‘sha yerda turgan taksidan bu bola tushdida, meni bozorgacha olib borib qo‘yishni taklif qildi. U yog‘iga o‘zing ketasan, dedi. O‘zim ham o‘sha kuni oy ko‘rganim uchun mazam yo‘g‘roq edi, rozi bo‘ldim”.

O‘quvchi qizning aytishicha, ular taksida boshqa tomonga ketishayotganini ko‘rib, norozilik bildirgan:

“U men hozir uydan bir narsa olishim kerak, keyin ketamiz, dedi. Bir uyga yetganda taksidan tushib kirib ketdi-da, qaytib chiqib, men izlagan narsamni topolmayapman, taksining boshqa zakazi bor ekan, tushib tur, dedi. Keyin taksi ketdi. Keyin u menga uyga kirib tur yomg‘irda ho‘l bo‘lib qolasan, dedi. Men kirdim, u esa kimgadir telefon qilib, kelinglar, dedi”.

Qizning iddaosicha, uyga kelgan N. va Sh. ismli yigitlarni u avval ko‘rmagan, tanimaydi:

“Bu yigitlar aroq va boshqa narsalar olib kelib, stolning ustiga qo‘ya boshladi. Men bu yerdan ketaman desam, qo‘yishmadi. Tirik ketmaysan, deyishdi. Ichmayman desam, ichmasang narkotik qilamiz deyishdi. Uchalasi majburlab, butilkani og‘zimga tiqib, quyishdi. Men boshim aylanib, o‘rnimdan turolmay qoldim. Keyin ular meni yechintirib, zo‘rlashni boshlashdi. Avval A. zo‘rladi, keyin N. zo‘rladi. Baqiray desam, qo‘llari bilan og‘zimni bosib turishdi. Uchinchisi zo‘rlamoqchi edi, men qattiq qarshilik ko‘rsatdim, u qilmadi. Menstruatsiyam kelib, qon oqib turganini ular ko‘rgan bo‘lsa ham, ayashmadi. Keyin meni uyim yaqiniga olib borib tashlashdi”.

Onaning shikoyati

O‘quvchi qizning Rossiyada bo‘lgan onasi bu voqeadan ikki kun o‘tib, O‘zbekistonga kelganini aytmoqda.

Uning aytishicha, 18 fevral kuni uyiga tashlab ketilgan qizini tog‘asi va bir qo‘shnisi shifoxonaga olib borgan.

“O‘sha kuni tog‘asi bilan yana bir qo‘shnimiz qizimni ikki qo‘ltig‘idan ushlab, kasalxonaga olib borgan. Badanida ko‘kargan izlar bo‘lgan, lekin bularning birortasi hisobga olinmagan. Ich kiyimlari juda qonli bo‘lgan. Qon oyog‘igacha oqib ketgan", deydi qizning onasi.

Qizning onasi Ozodlikka aytishicha, yaqinlarida 16 yashar qizning shifoxonaga borgan paytda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikka oid biror hujjat taqdim qilinmagan.

Onaning aytishicha, u hodisadan ikki kun o‘tib, Sho‘rchi tumani IIBga shikoyat qilgan, qizining qonga botgan kiyimlarini esa ekspertizaga bergan, ammo natijalar hanuz chiqmagan:

"Mana ikki oy bo‘lyapti, kiyimlarini eskpertizaga olishganicha, qaytarib berishmagan. Shunday ishni yopdi, qo‘yishdi. Go‘yo bolalarning aybi yo‘q, qizingizning o‘zini aybi, deb. Men ular ustidan prezident portaliga ham, Bosh prokuraturaga ham bir necha marta murojaat qildim, lekin natija yo‘q”.

IIVdan rasmiy javob

Tergovoldi harakatlari olib borgan Sho‘rchi tumani IIB tergovchisi Komil Fayziev, Ozodlik bilan suhbatda, bu ish bo‘yicha jinoyat ishi ochilmaganini bildirdi.

IIV xodimiga ko‘ra, bunga qizning balog‘at yoshiga yetgani sababdir.

“Asli holatda bu qiz zo‘rlanmagan, o‘z ixtiyori bilan jinsiy aloqa qilgani sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan. 2018 yil 4 dekabr kuni u 16 yoshga to‘lgan. Bu balog‘at yoshiga yetgan hisoblanadi”, dedi, Sho‘rchi tumani IIB tergovchisi Komil Fayziev.​

O‘zbekistonda qonunchiligida qizlarning balog‘at yoshi 16 yosh qilib belgilangan. IIV xodimi bunday holatlarda, qizning zo‘rlanish iddaosini tasdiqlovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar va guvohlar ko‘rsatmalari bo‘lmasa, jinoyat ishi ochilmasligini bildirdi.

O‘zbekistonda xotin-qizlarning guruh bo‘lib zo‘rlanish holatlari uchrab turadi.

Ozodlik 19 fevralda Qoraqalpog‘istonda guruh bo‘lib zo‘rlangan maktab o‘quvchisining homilador bo‘lib qolgani haqida xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG