Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:58

Samarqandda 26 yoshli mardikor molxonada osilgan xolda topildi


Samarqandning Payariq tumanida 26 yoshli yigit 10 aprel kuni Boshqo‘rg‘on mahallasidagi o‘z uyi molxonasida osilgan holda topildi. Yaqinlari yigit o‘zini osganini taxmin qilishmoqda.

Hech qaerda ishlamaydigan, mavsumiy mardikorlik bilan shug‘ullangan 26 yoshli Sh.Q. nega o‘z joniga qasd qilgani ma’lum emas.

Marhum qo‘shnilaridan birining Ozodlikka aytishicha, Payariq tumanidagi Muhammadali qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli Boshqo‘rg‘on mahallasida yashagan Sh.Q. ishsiz bo‘lib, ro‘zg‘orini mardikorchilik bilan tebratgan:

- Bugun janozasi bo‘ldi. Molxonada bir kun osilib yotgan ekan. Kechki payt uyidagilar tasodifan ko‘rib qolishgan. Bola hech qaerda ishlamasdi, uylanmagan. Payti kelganda mardikorlik qilardi. Nega osganini hech kim bilmaydi, - dedi qo‘shnisi.

Tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimi bu bo‘yicha surishtiruv olib borayotganini ma’lum qildi.

Bu so‘nggi ikki oy ichida Ozodlik o‘rgangan O‘zbekistonda yoshlar orasidagi o‘n ettinchi suitsiddir.

9 aprel kuni Ozodlik Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 16-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi o‘zini osgani haqida xabar bergan edi.

O‘tgan hafta Ozodlik Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida 2018 yil oktabridan buyon “bir necha o‘n o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qilgan”ini aniqlagan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil noyabrdagi hukumat majlisida mamlakatda ayollar o‘rtasida suiqasd holatlari soat sayin ortayotganini aytgandi.

Joriy yildan prezident farmoni bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari kiritildi.

XS
SM
MD
LG