Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 16:46

Moskvada markaziy osiyolik shoir va musiqachilar uchun "Elchixona" ochilmoqda


Musiqachilar va shoirlar yoshlari cheklanmagan
Musiqachilar va shoirlar yoshlari cheklanmagan

Moskvada markaziy osiyolik shoir va musiqachilar uchun maxsus loyiha ish boshlaydi. “Posolstvo” (“Elchixona”) deb nomlangan madaniy maydonchaga Moskvada muhojirlikda yurganlar, xususan, o‘zbek madaniyati va san’ati namoyandalari taklif etilmoqda.

“Posolstvo” loyihasining asosiy maqsadi migratsiya sharoitida Moskvada yashash tajribasini anglab yetish va Markaziy Osiyodan kelgan adiblar va musiqachilarning Rossiya poytaxti madaniyatining bir parchasi sifatida shakllantirishdir", - dedi loyiha tashabbuschisi - V-A-C jamg‘armasi vakili Yevgeniy Uxmilin

Uning Ozodlikka aytishicha, yaqin kelajakda boshqa loyihalar ham ishga tushiriladi.

- Biz rus tilida ijod qilish monopoliyasi mavjud Moskvadek shaharda o‘z ijodi va kechinmalari bilan tanishtirish imkonini markaziy osiyolik mehnat migrantlari, jumladan o‘zbek shoir va musiqachilariga bermoqchimiz. Keyinchalik tanlab olingan she’riy va musiqiy asarlar asosida biz to‘plam chiqaramiz. Bu bir marotabalik loyiha emas - Nekrasov Kutubxonasida faoliyat kechalari davom etaveradi. V-A-C jamg‘armasi tashabbusi bilan yaqin kelajakda zamonaviy madaniyat markazi ishga tushiriladi. “Posolstvo” loyihasi keyinchalik shu markazning bir qismiga aylantirilishi ko‘zda tutilgan. Biz avval bu taklifimiz muhojirlarni qiziqtira oladimi-yo‘qmi - shuni bilmoqchimiz, - dedi Yevgeniy Uxmilin

Jamg‘arma vakili shoirlar guruhi 4 til - o‘zbek, qozoq, tojik va qirg‘iz tillarida faoliyat yuritishini ma’lum qildi.

Shuningdek, yaqin kelajakda onalar-bolalar hamda o‘smirlar uchun ham loyihalarni taqdim etish rejasi borligi aytildi. “Posolstvo” loyihasi yozda Moskvaning “Fili” parkidagi katta festival bilan yakunlanishi kutilmoqda. Unda barcha ishtirokchilar o‘z asarlarini namoyish etadilar.

Ushbu ustaxona kuratorlari orasida Andrey Rodionov, Abdumamat Bekmamadov va V-A-C jamg‘armasi vakillari, olib boruvchilar orasida shoirlar Pavel Bannikov, Janna Sabaeva va Sanjar Yanishchevlar borligini ko‘rish mumkin.

V-A-C jamg‘armasidan tashqari madaniy anjumanni tashkil etishda “Pomir-Moskva”, Nekrasov Kutubxonasi, “Fili” parki, “Farg‘ona” axborot agentligi va Markaziy Osiyoning Moskvadagi qator uyushmalari ishtirok etmoqda.

Musiqa bo‘limiga har qanday zamonaviy yoki an’anaviy uslub va janrlarda ijro etuvchi san’atkorlar qabul qilinadi. Loyiha ishtirokchilari boshqalar bilan fikr va tajriba almashishi, keyinchalik esa “Posolstvo” leybli orqali o‘z kompozitsiyalarini taqdim etishlari mumkin.

Maxsus ustaxonalarda tashkil etilgan mashqlar Moskvaning Nekrasov nomidagi Kutubxonasida ikki haftada bir hozircha 27-28 maydan iyun oyi o‘rtalarigacha uyushtiriladi.

25 aprelgacha tashkilotchilar tomonidan tanlov e’lon qilindi, biroq arizalar o‘quv mashqlar boshlangungacha ham qabul qilinishi aytildi.

Da’vogarlar o‘zlari haqida qisqa hikoya va o‘z asarlaridan parchalar bitilgan xatni hakamlar hay’atiga taqdim etmoqlari lozim. Shoirlar kamida ikkida asar, musiqachilar - musiqa audiotasmasi yoki video taqdim etishlari mumkin.

Arizalar +7(926)411-08-42 raqami orqali WhatsApp messenjeriga yoki embassy@v-a-c.ru elektron pochta manzili bo‘yicha yuborilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG