Линклар

Шошилинч хабар
27 май 2019, Тошкент вақти: 10:55

Jambulda avtobus halokatida 3 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


20 aprel tong saharda Qozog‘iston janubida avtobus halokatga uchrashi oqibatida 11 odam halok bo‘ldi. Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 7 nafari Qozog‘iston, 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi, yana bir kishining shaxsi aniqlanmagan.

Qozog‘iston janubidagi Jambul oblasti Qorday tumanida "Olma ota—Toshkent" trassasining 181-kilometrida Van Hool rusumli yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Qozog‘iston matbuotiga ko‘ra, avtobusdan oldinda ketayotgan Toyota Camry avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashgach, haydovchisi to‘qnashuvdan qochishga uringan va avtobus ag‘darilib ketgan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qaev Jambul oblastidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

"Qordaydagi trassada yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor, jarohatlanganlar ko‘p. Marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga telegramma yubordim. Yo‘llarimizdagi vaziyat xavotirli, bu haqda IIVdagi yig‘ilishda ham gapirgandim. Hukumatga kechiktirib bo‘lmas choralarni ko‘rish haqida topshiriq berdim!", degan Qozog‘iston prezidenti Tvitterdagi rasmiy sahifasida.

20 aprel tonggi 5 da ro‘y bergan hodisa joyida 8 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, keyinroq ularning 3 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Bundan avvalroq, halok bo‘lganlarning barchasi o‘zbekistonliklar ekani xabar qilingandi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istondagi halokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqladi.

Vazirlik xabarida aytilishicha, yana 12 nafar o‘zbekistonlik jabrlangan.

Xabarda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning ro‘yxati keltirilgan.

Halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari:

Abduxalikov U. 1993 yilda tug‘ilgan.

Kalmuratov A. 1988 yilda tug‘ilgan.

Ermekbaeva D. 1972 yilda tug‘ilgan.

Jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari:

Oljabaev A. 1994 yilda tug‘ilgan.

Xaytbaev O. 1985 yilda tug‘ilgan.

Abdusatirov Z. 1999 yilda tug‘ilgan.

Jumaniyazov M. 1996 yilda tug‘ilgan.

Axmetova R. 1994 yilda tug‘ilgan.

Mativdjanov O. 1985 yilda tug‘ilgan.

Seytmurat D. 1987 yilda tug‘ilgan.

Haydarov S. 1994 yilda tug‘ilgan.

Ilьyasov M. 1974 yilda tug‘ilgan.

Ismiddinov A. 1997 yilda tug‘ilgan.

Mambetov N 1971 yilda tug‘ilgan.

Japarov Sh. 1984 yilda tug‘ilgan.

Muqumjonov S. 1999 yilda tug‘ilgan.

Xabarlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari ham bor.

Bu kabi avtohalokatlar Qozog‘istonda tez tez uchrab turadi.

Bundan ikki yil muqaddam Qozog‘istonda ro‘y bergan avtahalokatda 9 kishi halok bo‘lgan va ularning aksariyati O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aytilgandi.

O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi Qozog‘iston yoki Rossiyaga ishlash uchun ketayotganda harakatlanish vositasi sifatida avtobuslarni tanlashadi.

O‘tgan yili Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Rossiyaga yo‘l olgan avtobusning yonib ketishi oqibatida o‘zbek vatandoshlari bo‘lgan 52 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.

XS
SM
MD
LG