Линклар

Шошилинч хабар
15 май 2021, Тошкент вақти: 23:24

Shri-Lankadagi hujumlarda 200 dan ortiq odam o‘ldi, 600ga yaqini yaralandi


Shri-Lanka bo‘ylab mehmonxona, cherkovlarga qilingan hujumlarda kamida 200dan ortiq odam o‘ldi, 500dan ortig‘i jarohatlandi.

21 aprel kungi hujumlar nasroniylar Pasxa bayrami ibodati uchun yig‘ilgan maskanlarga qaratildi.

Shri-Lanka Mudofaa vazirligi hujumga aloqador ko‘rilgan 7 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Ertalab jami 6 hujum bo‘lgani, ulardan 3tasi cherkov, 3 tasi mehmonxonalarga qaratilgani xabar qilingandi. Ammo, tushdan keyin yana 2 hujum bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Hujumlar xudkushlar tomonidan uyushtirilgani taxmin qilinmoqda.

Hujumga uchragan 3 cherkovdan biri eng yirik shahar Kolomboning shimolida, yana biri sharqida joylashgan.

Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yana 3 hujum 5 yulduzli mehmonxonalarga qilingan.

Kamida 207 kishining o‘lgani, bulardan 9 nafari xorijlik ekani aniqlangani xabar qilindi.

Shri-Lanka Moliya vaziri Mangala Samaraviira bu hujumni "puxta muvofiqlashtirilgan tarzda qotillik, anarxiya va xaosni keltirib chiqarishga urinishdir", deb qoraladi va "ko‘plab begunoh insonlar" hayotiga zomin bo‘lganini aytdi.


Hozircha hujum uchun mas’uliyatni hech bir guruh zimmasiga olmadi.

Prezident Maytripala Sirisena aholini sokin bo‘lish va hukumatni tergov o‘tkazishda qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Shri-Lankada aholining 7 foizi nasroniy, qolgan katta qismi esa buddistdir.

XS
SM
MD
LG