Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:20

TIV: Qozog‘istondagi avtohalokatda jabrlanganlar yurtiga qaytarildi


Qozog‘istonda halokatga uchragan avtobus, 20 aprel, 2019 yil
Qozog‘istonda halokatga uchragan avtobus, 20 aprel, 2019 yil

Qozog‘istonning Qorday tumanidagi avtobus halokatida jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi.

Tashqi ishlar vazirligining xabar qilishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligidagi hukumat komissiyasi Qozog‘istonga borgan.

Xabarda aytilishicha, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Hukumat komissiyasi Qorday tumaniga borgan va barcha rasmiy jarayonlar tugaganidan so‘ng - 21 aprel kuni - turli darajada shikastlangan vatandoshlar reanimobillarda Qozog‘iston hududidan Bishkekka olib ketilgan.

U yerdan esa Favqulodda vaziyatlar vazirligining (FVV) xabar qilishicha, hukumat komissiyasi prezident Shavkat Mirziyoev topshirig‘i bilan - Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralar mutaxassislaridan tuzilgan.

FVV maxsus borti bilan Bishkekdan O‘zbekistonga olib borilgan shaxslarning ro‘yxati ham e’lon qilindi:

1. O‘ljabaev Abbos, tug‘ilgan vaqti 21.01.1994-y.;

2. Xaitbaev Umirbek, tug‘ilgan vaqti 22.06.1985-y.;

3. Axmedova Radmila, tug‘ilgan vaqti 05.08.1994-y.;

4. Matchanov Otabek Abdullaevich, tug‘ilgan vaqti 22.04.1985-y.;

5. Seytmuratov Dustdjan Dauletovich, tug‘ilgan vaqti 22.02.1987-y.;

6. Xaydarov Sardar Anarbek o‘g‘li, tug‘ilgan vaqti 09.05.1994-y.;

7. Ilyasov Maris, tug‘ilgan vaqti 1974-y.;

8. Mambetov Nasridin, tug‘ilgan vaqti 09.05.1971-y.;

9. Jabbarov Shodlik Maxsudovich, tug‘ilgan vaqti 25.12.1984-y.

20 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat tonggi 5 larda Qozog‘istonning Jambul viloyati Qorday tumanidan o‘tuvchi "Chimkent-Olmaota" yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida 49 yo‘lovchi bilan borayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragandi

Oqibatda vafot etgan 11 yo‘lovchining 3 nafari O‘zbekiston vatandoshi bo‘lib chiqdi. Shuningdek, jarohatlangan 32 yo‘lovchining 13 nafari ham o‘zbekistonlikdir.

20 aprel kuni jabrlangan 9 o‘zbekistonlik yurtiga olib borilgan edi.

TIV e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, nobud bo‘lgan 3 o‘zbekistonlikning jasadi Qorday morgida qolmoqda. Ularning shaxsi aniqlanganidan so‘ng O‘zbekistonga olib kelinishi aytildi.

Bu kabi avtohalokatlar Qozog‘istonda tez tez uchrab turadi.

Bundan ikki yil muqaddam Qozog‘istonda ro‘y bergan avtahalokatda 9 kishi halok bo‘lgan va ularning aksariyati O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aytilgandi.

O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi Qozog‘iston yoki Rossiyaga ishlash uchun ketayotganda harakatlanish vositasi sifatida avtobuslarni tanlashadi.

O‘tgan yili Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Rossiyaga yo‘l olgan avtobusning yonib ketishi oqibatida o‘zbek vatandoshlari bo‘lgan 52 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.

XS
SM
MD
LG