Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2019, Тошкент вақти: 19:02

Poroshenko va jahon liderlari Zelenskiyni g‘alaba bilan tabrikladi (VIDEO)


Zelenskiy Ukraina siyosatiga “yangi odamlarni” olib kelishini bildirdi.

Ukrainada 21 aprel kuni prezidentlik saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

Порошенко ва жаҳон лидерлари Зеленскийни ғалаба билан табриклади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:52 0:00

Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 90 foizi sanab bo‘linganida bergan ma’lumotga qaraganda, Zelenskiyga 73 foiz, Poroshenkoga 25,5 foiz saylovchi ovoz bergan.

- Hech qachon taslim bo‘lma, men bu gapni hatto hozir - ekzit-pol natijalarini ko‘rib turib ham aytaman. Natijalar bizga raqibimga qo‘ng‘iroq qilib, uni tabriklashga asos bo‘lmoqda, - dedi Petro Poroshenko.

Zelenskiy 21 aprel kuni kechqurun o‘tkazgan matbuot anjumanida Petro Poroshenkoga telefon orqali g‘alaba bilan tabriklagani uchun minnatdorchilik bildirdi va:

- Bugun biz uchun birinchi galdagi vazifa barcha mahbuslarimizni Rossiyadan qaytarib olishdir. Barcha harbiy asirlarimizni, jumladan, dengizchilarimizni ham qaytarib olish birinchi galdagi vazifa, - deb aytdi.

Украинадаги президент сайловида Владимир Зеленский ғалаба қозонди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:57 0:00

Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tusk, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant Zelenskiyni kutilayotgan g‘alaba bilan qutladi.

“Ukrainskaya pravda”ning bildirishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Zelenskiyga telefon qilib, uni g‘alaba bilan tabrikladi.

Zelenskiy 21 aprelda qilgan chiqishida Ukraina siyosatiga “yangi odamlarni” olib kelishini, agar zarurat bo‘lsa, Poroshenkoga maslahat so‘rab murojaat qilishini aytdi. Zelenskiyga ko‘ra, yaqin kunlarda “kadrlar almashinuvi” amalga oshiriladi.

Ayni paytda Ukraina politsiyasi Vladimir Zelenskiyni ovoz berish jarayonida maxfiylikni saqlamagani uchun 30 dollar miqdorida jarimga tortdi. Zelenskiy ovoz berish paytida byuletenni jamoatchilikka oshkora namoyish qilgan, bu esa ukrain qonunchiligida qonunbuzarlik hisoblanadi.

Raqibini saylov natijalari rasman e’lon qilinmay turiboq g‘alaba bilan tabriklagan Petro Poroshenko o‘z tarafdorlari oldida qilgan chiqishida siyosatni tark etmasligini aytdi:

-Men ma’muriyatdan ketayapman, biroq siyosatdan ketmayapman. Men siyosatda qolaman hamda Ukraina uchun kurashni davom ettiraman, - dedi Poroshenko.

Poroshenko prezidentlik faoliyati davomida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi hamda ukrainaliklar Yevropa Ittifoqiga vizasiz sayohat qilishiga erishdi. Prezident, shuningdek, Ukraina pravoslav cherkovi Moskva patriarxligidan mustaqil bo‘lishiga erishdi.

19 aprel kuni Kiev stadionida Poroshenko bilan o‘tkazilgan debatda Zelenskiy:

- Men siyosatchi emasman. Mavjud tizimni o‘zgartirish uchun kelgan oddiy fuqaroman, xolos,- deb aytgan edi.

XS
SM
MD
LG