Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:16

Qirg‘iziston xorijlik, jumladan, o‘zbekistonlik migrantlarga patent sistemasini joriy etmoqchi


Davlat migratsiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Samat Toktobolotov.
Davlat migratsiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Samat Toktobolotov.

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga kelib ishlayotgan 200 mingga yaqin mehnat muhojirlari 2019 yilning oxiridan boshlab qo‘shni davlatda mehnat qilish huquqini beruvchi patent olishga majbur bo‘lishlari mumkin. Qirg‘iziston Davlat migratsiya qo‘mitasining bildirishicha, bu boradagi qonun loyihasi tayyorlandi. Mazkur qonun Qirg‘izistonda ishlayotgan barcha xorij davlatlari fuqarolariga tegishli bo‘ladi. Patent olmagan muhojirlar esa 150 dollar miqdorida jarimga tortiladi va deportatsiya qilinadi.

Ozodlik radiosi muxbiri Sanjar Eraliev mazkur masalada Davlat migratsiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Samat Toktobolotov bilan suhbatlashdi.

Қирғизистон хорижлик, жумладан, ўзбекистонлик мигрантларга патент системасини жорий этмоқчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:33 0:00

Savol: Qirg‘izistonga O‘zbekistondan kelib ishlayotgan migrantlar masalasi parlamentda ham ko‘tarilib, 2018 yilning noyabrida deputatlar o‘zbekistonlik migrantlarga patent sistemasini qo‘llashni taklif etgandi. Bahor-yoz mavsumida O‘zbekistondan 150-200 mingacha migrant kelib ishlaydi, degan ma’lumotlar bor. Tojikstondan ham kelishadi. Siz bu borada qanday rasmiy ma’lumot bera olasiz?

Javob: O‘zbekiston va Tojikistondan kelib, rasmiy ravishda ishlayotgan migrantlarning soni ko‘p emas. Norasmiy ishlaganlari ko‘p. 2018 yili O‘zbekistondan 130 fuqaroga ishlash uchun ruxsatnoma berilgan. Tojikistonlik 86 fuqaro shunaqa hujjat olgan.

Lekin Qirg‘izistonning janubiy viloyatlariga - O‘sh, Jalolobod, Botkenga kuniga kelib-ketib ishlaganlar bor. Ertalab kelishadi, kuni bilan ishlab, kechki payt uylariga ketishadi. Yoki ikki-uch kun ishlab, qaytishadi. Ular ro‘yxatga turishmaydi. Bu kabi migrantlarni qo‘shganda, qo‘shni davlatdan kelib ishlagan migrantlar soni, siz aytganday, 150-200 mingga borishi aniq.

Ayni damda Qirg‘izistonga kelib ishlayotgan migrantlarga mehnat qoidalari yozilgan yangi qonun loyihasi tayyorlandi. Qonun 2019 yil oxirigacha qabul qilinib, kuchga kiradi, deb turibmiz.

Savol: Qonunda qanday tartiblar belgilangan?

Javob: Masalan, migrant qirg‘izistonlik shaxsning uyida yoki dalasida ishlasa, patent olishi kerak. Ya’ni, hovlidagi ishlarni, dala yumushlarini bajargan, ustachilik qilganlar patent oladi.

Ekspertlarimiz patentning narxini oyga 500 so‘m, ya’ni 7 dollar atrofida belgilashni taklif qilmoqda.

Patent olish uchun migrant o‘zi Migratsiya qo‘mitasiga borishi, pasportini ko‘rsatishi va qaerda ishlash uchun kelganini aytishi lozim. Yaqin orada barcha tumanlarda Migratsiya qo‘mitasining filiallarini ochamiz.

Savol: Lekin o‘zbekistonlik, tojikistonlik yoki boshqa chet davlat fuqarolari Qirg‘izistonda ishlashi uchun ruxsatnoma olishi kerak, degan qoida hozir ham bor. Ruxsatnoma narxi 2000 som, yoki 30 dollar atrofida. Mening bilishimcha, ruxsatnoma olish uchun davlatga pulni migrant emas, ish beruvchi shaxs to‘lashi kerak edi. To‘g‘rimi yoki men adashyapmanmi?

Javob: Amaldagi tartib firmalarda ishlovchi migrantlarga tegishlidir.

Ish beruvchi qirg‘izistonlik chet elliklarni ishga olish uchun 4000 som, ya’ni 60 dollarga yaqin pulni davlatga to‘laydi. Ishga kirayotgan migrant esa 2000 som to‘laydi. Shundan so‘ng uning qo‘liga ishlash uchun ruxsatnoma beriladi.

Agar yangi qonun qabul qilinsa, ish beruvchi shaxs pul to‘lamaydi. Migrant esa ishga kirishga ruxsatnoma olish uchun 10 000 som, ya’ni 145 dollar atrofida pul to‘kadi. Shundan so‘ng unga bir yilga hujjat beriladi.

Tushunarli bo‘lishi uchun, yana takrorlab aytishim joiz, qonun ishlay boshlasa, shaxsiy uylarda, dexqonlarning qo‘lida ishlagan migrantlar patent olishi kerak, firmada ishlaganlar ruxsatnoma olishi zarur.

Savol: Qirg‘izistonga kelib ishlashni istagan migrantlar tibbiy tekshiruvdan ham o‘tishi lozimmi? Uning yo‘l-yo‘rig‘i qanaqa?

Javob: Odam immun taqchilligi, jamiyat tili bilan aytganda VICh kasali yo‘qligini isbotlagan tibbiy ma’lumotnoma bo‘lishi shart. Bu ma’lumotnomani Qirg‘izistondagi SPID markazlaridan olishadi. Migrantga patent yoki ishga ruxsatnoma berish uchun Migratsiya qo‘mitasining komissiyasi o‘sha spravkani ham tekshiradi.

Yangi qonunda 80\20 qoidasi kirgizilgan. Ya’ni, firmada ishlayotganlarning orasida migrantlar 20 foizdan oshmasligi shart. Qolgan xodimlar esa qirg‘izistonlik bo‘lishi shart.

XS
SM
MD
LG