Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:02

Andijonda prokuror yordamchisi ishtirok etgan avtohalokatda bir odam o‘ldi


Ozodlikning aniqlashicha, piyoda o‘limiga sabab bo‘lgan “Neksiya” mashinasi rulida Marhamat tumani prokurorining katta yordamchisi o‘tirgan bo‘lgan.
Ozodlikning aniqlashicha, piyoda o‘limiga sabab bo‘lgan “Neksiya” mashinasi rulida Marhamat tumani prokurorining katta yordamchisi o‘tirgan bo‘lgan.

Andijon viloyatining Marhamat tumanida prokuratura xodimi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Yo‘l halokati 25 aprel kuni kech soat 11larda Marhamat tumanining Gar-gar mahallasi hududida ro‘y berdi. Mashina urib yuborgan 45 yoshli B.B. olgan jarohatidan voqea joyida halok bo‘ldi.

Marhumning yaqinlari mashina rulida bo‘lgan tuman prokurorining yordamchisi voqea joyidan qochib ketganini iddao qilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati, prokuror yordamchisi voqea joyidan qochmay, jarohat olgan shaxsni kasalxonaga o‘zi olib borganini aytmoqda.

Ozodlikning aniqlashicha, piyoda o‘limiga sabab bo‘lgan “Neksiya” mashinasi rulida Marhamat tumani prokurorining katta yordamchisi bo‘lgan.

Marhumning Ozodlik suhbatlashgan yaqinlaridan biri mashina haydovchisi piyodani urib yuborgandan so‘ng, voqea joyidan qochib ketganini aytdi.

- Shu darajada katta tezlikda urilganki, mashinani lobovoy oynasini o‘ng tomonini sindirib kirib ketgan. Borsak haydovchi yo‘q, amakim o‘lasi xolda, tanasining yarmi mashina lobovoyidan kabina ichiga kirib ketgan xolda yotibdi. Tez yordam chaqirtirdik, kasalxonaga borganda o‘lgan, deb aytishdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati piyodani urib yuborgan mashinani Marhamat tuman prokurorining katta yordamchisi B.P. boshqarganini Ozodlikka tasdiqladi.

Lekin, Bosh prokuratura bildiruvida aytilishicha, piyoda mast xolatda yo‘lni o‘rtasida ketayotgan bo‘lgan, haydovchi esa voqea joyidan qochmagan, aksincha yaradorni o‘zi kasalxonaga olib borib bergan.

“25.04.2019 yil soat 23:00 larda Marhamat tuman prokurorining katta yordamchisi B.P. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini Marhamat-Asaka” transport qatnov yo‘lining Marhamat tumani, Gar-gar mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida “Asaka” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida, qatnov yo‘lining o‘rta qismida harakatlanib borayotgan piyoda B.B.ni avtomashinasining old qismi bilan urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. Natijada, piyoda B.B. olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Piyodaning mastligi dastlabki ekspertiza xulosasi bilan va u bilan birga bo‘lgan do‘stlarining ko‘rsatmalari bilan tasdiqlandi. Lekin, haydovchi voqea joyidan qochmagan, aksincha o‘zi olib borib bergan kasalxonaga”, - deyiladi Bosh prokuratura bildiruvida.

Qarindoshlari piyodaning spirtli ichimlik ichganini Ozodlikka inkor etishmadi. Lekin, ular haydovchi voqea joyidan qochib, tuman prokuraturasiga yashiringanini to‘liq ishonch bilan aytishdi.

- Ichgan bo‘lishi mumkin, lekin mashina uni o‘ng tomoni bilan urib yuborgan. Agar yo‘lni o‘rtasida ketayotgan bo‘lsa mashina oldi oynasining o‘rtasiga kirib ketgan bo‘lar edi. U mashina lobovoyini o‘ng tomoniga kirib ketgan. Borsak haydovchi yo‘q. O‘zimiz skoriy chaqirtirdik, jiyanim o‘zi skoriyda olib bordi kasalxonaga, - dedi marhumning yana bir qarindoshi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi, Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Sud-tibbiyot va boshka tegishli ekspertizalar o‘tkazilishi tayinlangan.

O‘zbekistonda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lishi uchrab turadi.

Jumladan, joriy yilning 6 aprel oqshomida Toshkent shahar, Chilonzor tuman, Muqimiy ko‘chasida yuz bergan avtohalokatda bir ayol halok bo‘ldi. Ozodlik suhbatlashgan ikki nafar ichki ishlar zobitiga ko‘ra, yo‘l o‘rtasida borayotgan ayolni urib yuborgan shaxs Toshkent shahar IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, 38 yashar podpolkovnik Umid Qurbonov bo‘lgan.

Bundan avval esa ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori M.H. (32 yosh) 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

XS
SM
MD
LG