Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:47

Toshkentdagi kasalxonada ruhiy bemor kaltaklangani yuzasidan prokuratura tekshiruv boshladi


30 aprel kuni Ozodlik ruhiy xasta bemorni sanitar vrach ye bosib bo‘g‘ayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan edi.
30 aprel kuni Ozodlik ruhiy xasta bemorni sanitar vrach ye bosib bo‘g‘ayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan edi.

Toshkent shahar Mirobod tumani prokuraturasi shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida davolanayotgan bemorni shifokor urgani yuzasidan 1 may kuni qo‘shimcha tekshiruv boshladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuoti xizmati Toshkent shahar prokuraturasiga tayanib Ozodlikka ma’lum qildi.

30 aprel kuni Ozodlik ruhiy xasta bemorni sanitar vrach yerga bosib bo‘g‘ayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan edi.

Videoda tibbiy forma kiygan sanitar vrach kasalxona yo‘lagida bemorni yerga yiqitadi va ustiga minib ikki qo‘li bilan bo‘ynidan ushlaydi.

Руҳий касалхона санитар врачи беморни ётқизиб бўғди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:28 0:00

Prokuratura bildiruvida aytilishicha, shu yilning 25 aprel kuni Toshkent shahar militsiyasiga shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida davolanayotgan bemorni shifoxona xodimlari urib tan jarohati yetkazgani haqida uning qarindoshidan shikoyat tushgan.

Mazkur shikoyat Mirobod tumani Ichki ishlar bo‘limida rasmiylashtirilgan va ijro uchun profilaktika inspektoriga topshirilgan.

Lekin, tergovga qadar tekshiruv jarayonida jabrlanuvchining qarindoshlari bo‘lib o‘tgan xolat yuzasidan hech kimga hech qanday da’vosi yo‘qligini aytgan.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 83 -moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘otishni rad qilish haqida qaror chiqarilgan.

Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida davolanayotgan bemorga shifokor qo‘l ko‘targani haqidagi maqola Ozodlikda e’lon qilinganidan so‘ng Toshkent shahar Mirobod tumani prokuraturasi mazkur xolat bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv boshlagan.

XS
SM
MD
LG