Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:37

Xivaning "Ichan qal’a"siga kirish pullik bo‘ldi (VIDEO)


Endilikda “Ichan qal’a”ga 10 ming so‘m to‘lab kirish lozim bo‘ladi. Muzey qo‘riqxonasi rahbariyati sayyohlikdan tushumni oshirish maqsadida “Ichan qal’a”ga kirish pullik qilinganini aytishadi.
Endilikda “Ichan qal’a”ga 10 ming so‘m to‘lab kirish lozim bo‘ladi. Muzey qo‘riqxonasi rahbariyati sayyohlikdan tushumni oshirish maqsadida “Ichan qal’a”ga kirish pullik qilinganini aytishadi.

Xiva shahrining “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasiga kiriladigan qadimiy darvozalariga turniket o‘rnatildi. Endilikda “Ichan qal’a”ga 10 ming so‘m to‘lab kirish lozim bo‘ladi. Muzey qo‘riqxonasi rahbariyati sayyohlikdan tushumni oshirish maqsadida “Ichan qal’a”ga kirish pullik qilinganini bildirdi. Lekin, shaharning tarixiy qismida yashayotgan aholiga bu noqulaylik tug‘dirgan.

Xivaning “Ichan qal’a” qismida yashovchi 69 yoshli Jumanazar ota Ozodlik bilan suhbatda darvozalarga turniketlar o‘rnatilishi uning uchun qimmatga tushayotganini aytadi.

– “Ota darvoza”dan har kuni ikki marta o‘tishimga to‘g‘ri keladi. Har o‘tganimda 10 ming so‘mdan to‘lasam ham pensiyam yetmaydi, - deydi Jumanazar ota.

Xivalik talaba Ravshanbek esa 10 ming so‘m to‘lamaslik uchun “Ichan qal’a” ichidagi uyiga aylanma yo‘llar bilan borishga majbur bo‘layotganini aytadi.

- Orqa tarafdan bepul kirsa bo‘ladi, lekin uzoqroq. “Ota darvoza”dan o‘tsa pul to‘lash kerak. 25 ming so‘mlik bilet ham bor ekan, 25 ming so‘m to‘lab kirsangiz muzeylar bepul ekan. Biz "Ichan qal’ada" yashaydiganlar uchun qiyin bo‘lyapti, uyimizga kirishimizni pullik qilib qo‘yishdi, - deydi Ravshanbek.

Хиванинг "Ичан қалъа"сига кириш пуллик бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00

Xivaning “Ichan – Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi rahbariyati sayyohlik sohasidan tushumni oshirish uchun darvozalarga turniketlar o‘rnatilib, ochiq osmon ostidagi muzey sanalgan qal’aga kirishni pullik qilgan.

- Sayyohlardan tushumni oshirish uchun qildik buni. Aholi boshqa tomondan aylanib kirishi mumkin. Keyinchalik “Ichan qal’a” da yashovchi aholi uchun doimiy bilet berish masalasi ko‘rilyapti, - dedi “Ichan – Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasining Ozodlik suhbatlashgan mulozimi.

Xiva yaqinida ko‘p qavatli zamonaviy uylar qurilib, shaharning tarixiy qismida yashayotgan aholi bosqichma-bosqich shu yerga ko‘chirilishi haqida ham gap-so‘zlar bor.

Lekin, Xiva “Ichan qal’a” muzey-qo‘riqxonasi ilmiy kotibi Dilmurod Bobojonov shaharning tarixiy qismi bo‘lgan Ichan qal’ada azaldan istiqomat qilib kelaëtgan aholi ko‘chirilmasligini bildirgan.

Xiva 1968 yili Markaziy Osiëda birinchi martda YuNESKOning umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga odamlar tarixiy izchillikda uzluksiz yashayotgan qadimiy shahar sifatida kiritilgan.

XS
SM
MD
LG