Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:07

O‘zbekiston Qirg‘izistonni sudga berdi. Ariza Xalqaro arbitraj sudida ko‘rib chiqilmoqda


Issiqko‘l sohili.
Issiqko‘l sohili.

Xalqaro arbitraj sudi O‘zbekistonning Qirg‘izistonga nisbatan da’vo arizasini ko‘rib chiqishni boshladi. O‘zbekiston Qirg‘izistonni Issiqko‘ldagi Toshkentga qarashli to‘rtta pansionatni tortib olishda ayblab sudga murojaat qilgan edi.

Qirg‘iziston hukumati bu masalada 8 may kuni rasmiy ma’lumot tarqatdi. Unda aytilishicha: “Bu kabi da’vo arizalarni ko‘rib chiqishda dastlab da’voning o‘zi emas, bu da’voni Halqaro arbitraj ko‘rib chiqish vakolatiga ega yoki ega emasligi muhokama qilinadi. Joriy yil may oyining boshlarida sudning birinchi bosqichi yakuniga yetib, Xalqaro arbitraj bu masalani ko‘rib chiqishga vakolatli ekani to‘g‘risida qaror qabul qilingan”.

Ayni paytda dalil-isbotlar bazasini shakllantirish hamda da’vogarning iddaolarini o‘rganish jarayoni kechmoqda.

2016 yil 4 aprelida O‘zbekiston bilan munosabatlar yomonlashgani ortidan Qirg‘izistonning o‘sha paytdagi bosh vaziri Temir Sariev Issiqko‘ldagi O‘zbekistonga qarashli “Dilorom”, “Rohat”, “Oltin qum” va “Bo‘ston” pansionatlarini Qirg‘iziston ixtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risida qaror imzolagan edi.

Mazkur qaror qabul qilinishiga 2016 yilning 18 mart kuni O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan bahsli bo‘lib turgan Chalasart hududiga harbiy texnika va askar kiritgani sabab bo‘lgan edi.

Biroq Shavkat Mirziyoevning hokimiyatga kelishi ortidan O‘zbekiston-Qirg‘iziston aloqalari yaxshilana boshlandi va buning ta’siri o‘laroq qirg‘iz parlamenti 2017 yilning dekabrida pansionatlarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha Toshkent bilan imzolangan shartnomani ratifikatsiya qildi.

Shundan so‘ng o‘sha paytdagi bosh vazir Sapar Isaqov to‘rt pansionatni O‘zbekistonga qaytarish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Ammo ma’lum bo‘lishicha, qaror imzolangani bilan pansionatlarning o‘zi haligacha Toshkentga qaytarilmagan.

Shundan so‘ng 2017 yilda O‘zbekiston bu pansionatlarni o‘ziga qaytarish talabi bilan Xalqaro arbitrajga murojaat qilgan.

O‘tgan asrning 1960-yillarida Sovet Ittifoqi minstrlar kengashi Issiqko‘lni butunittifoq sog‘lomlashtirish markazi sifatida e’lon qilgan edi. O‘shanda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘z byudjeti hisobidan Issiqko‘lda to‘rttadan pansionat barpo etgan.

XS
SM
MD
LG