Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:16

OzodDayjest: Buxoroda o‘ta xavfli Qrim-Kongo kasalligiga chalinganlar aniqlandi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Urganchda 12 ming AQSh dollari pora talab qilgan sudya qamaldi.Bosh prokuror jinoyatlarni yashirish holatlari hamon uchrayotganini tan oldi. Joriy haftada mahalliy matbuotmana shular haqida yozdi.

Xorazmda 12 ming dollar pora olgan sudya 10 yilga kesildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudi sudyasi Z.I. poraxo‘rligi uchun mahkamaga tortildi (“Huquq”, 9 may).

Urganchlik M.A. tuman hokimligi zimmasiga yerga egalik huquqini belgilash majburiyatini yuklash haqida sudga da’vo arizasi bergan. Sudya esa vaziyatdan foydalanib qolishga urinib, ishni hal qilib berish evaziga arizachidan 12 ming AQSh dollari pora talab qiladi.

Qayd etilishicha, adolat peshvosi Z.I. talab qilingan porani olayotganda ushlangan.

Tamagir sudya sud va huquqni muhofaza qilish organlarida ma’lum muddatga ishlash huquqidan mahrum etilgan va unga 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Bosh prokuror jinoyatlarni yashirish holatlari hamon uchrayotganini tan oldi

O‘zbekistonda jinoyatlarni hisobga olmay yashirish, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan inson huquqlarini buzish, or-nomus va qadr-qimmatni toptash holatlari hamon uchramoqda, deb xabar berdi bir qator matbuot nashrlari.

Ushbu holatni Bosh prokuror Otabek Murodov Senatning 3-4 may kunlari o‘tgan 19-yalpi majlisidagi hisobotida qayd etgan.

Tezkor-qidiruv ishlari lozim darajada olib borilmagani natijasida jinoyatlarning 3737 tasi (15,7 foizi) fosh etilmagan, qidiruvdagi shaxslarning 8188 nafari (59,5 foizi) ushlanmagan.

Bosh prokuror o‘z hisobotida davlat boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning huquqlarini buzish hollariga chek qo‘yishga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlagan.

Buxoroda to‘rt kishi Qrim-Kongo kasalligiga chalingani aniqlandi

Buxoro viloyatida Qrim-Kongo kasalligiga chalingan 4 nafar bemor ro‘yxatga olindi. Bu haqda matbuot nashrlari orqali Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi bo‘lim boshlig‘i Farhod Qurbonbekov ma’lum qilgan.

Bemorlarning barchasi cho‘ponlar bo‘lib, chorva mollariga qarash payti o‘ta xavfli kasallikni yuqtirib olganlar.

Mas’ullar mazkur kasallikni qo‘zg‘atuvchi kanalar o‘ta chidamli ekani, molxona devori tirqishlarida o‘n yilgacha och yotsa ham o‘lmasligidan ogohlantirgan.

Yaqinda Chimkent shifoxonasida homilador ayol va uni davolagan 5 nafar shifokor ana shu xastalikdan vafot etgan.

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi Afrika davlatlarida tarqalgan Ebola virusi kabi o‘ta xavfli xastalik sanaladi.

Kasallikning avj olishiga ob-havoning tez isib ketishi va kanalar ko‘payishi sabab bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG