Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:30

"To‘rtko‘l hokimi Alisher Usmonovni ham, Tanzila Norboevani ham pisand qilmadi"


Zulxumor Jabborovaning o‘z yonidan qurgan tovuqxonasi
Zulxumor Jabborovaning o‘z yonidan qurgan tovuqxonasi

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida yashaydigan tadbirkor, 42 yashar Zulxumor Jabborovaning OzodMikrofonga arz qilishicha, u parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish uchun bankdan kredit ololmayapti.

“Men 20 yil Qozog‘istonda ishladim. Prezidentimizning tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berganini eshitib, qaytib keldim. Qozog‘istondan inkubator olib keldim. Uyda jo‘ja chiqarib sota boshladim. Uyim kichkinalik qildida, hokimiyatga borib, yer so‘radim. Parrandachilik qilmoqchi bo‘ldim. Hokim cho‘ldan yer berdi. U yerda na suv, na svet, na gaz bor. Qum-biyobon. Shahardan 20 kilometr. Shunisiga ham shukr qilib, u yerga 500 mashina tuproq tashladim. 100X50 qilib bino qurdim. 566 million so‘m yonimdan sarfladim. Juda ajoyib tovuqxona bo‘ldi. Lekin svet yo‘q, gaz yo‘q. Elektr tortib kelishga kamida 200 million so‘m pul kerak. Ammo, hech kim yordam bermayapti. Qariyb 10 oydan buyon kredit berishmaydi.”

Tadbirkorning aytishicha, prezident davlat maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmonov va respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari Tanzila Norboeva ham uning tadbirkorligini kelib ko‘rgan:

“Alisher Otaxonovich tovuq fermamni o‘zi borib ko‘rdi. Unga hamroh bo‘lgan hokim va boshqa amaldorlarga qattiq tanbeh berib, “hoy, sizlar qanday odamsizlar, bir ayol shunday cho‘l joyni gulistonga aylantirib, tadbirkorlik qilsayu, nega yordam bermaysizlar”, deb qattiq koyidi. Undan so‘ng Tanzila Norboeva kelib ko‘rdi. U ham Qoraqalpog‘istonga ayollar tadbirkorligi uchun 2,5 milliard so‘m ajratilgan, shuning 500 million so‘mini shu ayolga beringlar, dedi. Lekin rahbarlar, “xo‘p, xo‘p”, dediyu, kattalar ketganidan so‘ng ahvol o‘zgarmadi. Yaqinda 66 million so‘m bankdan bo‘lib-bo‘lib beramiz deyishdi. U menga hech narsa bo‘lmaydi. Birgina svet tortib borishim uchun kamida 200 million so‘m kerak. Bor narsamni sotib qurilishga ishlatib bo‘ldim, tovuqlarim ham o‘lib qoldi...”

Тўрткўл ҳокими Алишер Усмоновни ҳам, Танзила Норбоевани ҳам писанд қилмади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:58 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG