Линклар

Шошилинч хабар
23 май 2019, Тошкент вақти: 20:26

O‘zbekistonda ayrim xorijiy saytlarga to‘siqlar olib , ammo ular orasida "Ozodlik" yo‘q


O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov juma kuni to‘siqlar olib tashlangan saytlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatda O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yilliklar davomida to‘sib kelingan "Bi-Bi-Si" O‘zbek xizmati, "Amerika ovozi", "Centre1", "Ferghana Agency", "AsiaTerra" va boshqa xorijiy yangilik saytlari nomlari bor, ammo "Ozodlik" radiosi va boshqa mustaqil nashrlar ro‘yxatda keltirilmagan.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov ayrim xorijiy yangilik saytlariga qo‘yilgan to‘siqlar olib tashlanganini Facebook sahifasida e’lon qildi.

Bugundan e’tiboran “Voice of America”, “Amerika ovozi”, “BBC Uzbek”, “Deutsche Welle”, “Amnesty International”, “Human Rights Watch”, “Reporters sans frontieres”, “Eurasianet.org”, “AsiaTerra”, “Fergana Agency”, “Centre1”, “Uzmetronom” kabi veb-resurslar va boshqa xorijiy veb-saytlardan to‘liq foydalanish imkoni mavjud bo‘ladi”, — deyiladi bayonotda.

Avvalroq Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir O‘zbekiston hukumatini ayrim ommaviy axborot vositalarini bloklashni to‘xtatishga chaqirgan edi.

Allamjonov saytlar to‘silganini tan oldi

Komil Allamjonov o‘zining Feysbukdagi sahifasida Agentlik YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezirning bayonotini bilan tanishib chiqqani va ayrim yangiliklar veb-resurslariga kirish muammolari borasidagi faktlarni diqqat bilan o‘rganib chiqqanini ma’lum qildi.

“O‘rganish natijasida ko‘rsatilgan veb-resurslarning O‘zbekistonda to‘laqonli ishlashlariga to‘siq bo‘lgan texnik kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etish borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi”, deyiladi Allamjonov bayonotida.

Shu bilan birga Allamjonov xorij ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar jamoasini jurnalist etikasi tamoyillariga rioya etishi kerakligini ta’kidlagan.

“Tasdiqlanmagan va yolg‘on axborotlardan foydalanmaslikni, shuningdek, asoslanmagan mish-mish va gumonlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz”, — deyiladi Allamjonov bayonotida.

“Do‘ppini osmonga otishga hali erta"

O‘zbekistonda "Bi-bi-si", "Ferghana Agency", "Ozodlik" veb sahifalari 2004 yildan buyon to‘sib kelingan.

Ammo, to‘siqlar olib tashlangan saytlar ro‘yxatida “Ozodlik” radiosi va boshqa mustaqil veb nashrlarning nomlari keltirilmagan.

Londonda yashovchi Londonda yashovchi o‘zbekistonlik tadqiqotchi Alisher Ilhomov o‘z Facebook sahifasida Komil Allamjonovning bayonotiga munosabat bildirar ekan: “Do‘ppini osmonga otishga hali erta", deb yozdi.

“O‘zbekiston haqida eng muhim axborotlarni beruvchi "Ozodlik", "Eltuz.com" saytlari va O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi saytlari bilan bog‘liq “texnik” muammolar saqlanib qolmoqda. Agar ushbu saytlarga kirish uchun “texnik” muammolar saqlanib qolsa, so‘z erkinligi tomon qadam emas, balki “bo‘l va hokimlik qil” siyosati tomon harakat bo‘ladi”, - deb yozdi Ilhomov.

Mustaqil saytlar to‘silgani bois O‘zbekiston hukumati uzoq yillar davomida "Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining "Internet dushmanlari" ro‘yxatida bo‘lib kelgan.

XS
SM
MD
LG