Линклар

Шошилинч хабар
23 май 2019, Тошкент вақти: 20:41

OzodMikrofon: “Xotin-qizlar qo‘mitasi bizni aldadi”


Xorazmlik Adelya Xudoyberganovaning OzodMikrofonga murojaat qilib, aytishicha, 9 yildan buyon buzilgan uyi evaziga haqqini talab qilib, kurashib kelmoqda.

O‘zbekistonning deyarli barcha huquq-tartibot idoralariga murojaat qilganini aytgan Xudoyberganova muammosi yechim topmayotganidan shikoyat qildi.

Adelya Xudoyberganova iddaosiga ko‘ra, joriy yil boshida Xotin-qizlar qo‘mitasi uning muammosini yechishga va’da bergan, biroq va’da bajarilmagan.

Adelya Xudoyberganovaning 12 may kuni Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, 2011 yilning 3 iyun kuni Urganch shahri al-Xorazmiy ko‘chasidagi 2 xonali uyi joylashgan bino buzilishi natijasida u oilasi bilan ko‘chada qolgan:

Adelya Xudoyberganova va uning qizi 9 yil avval buzilgan uyga propiska qilingan.
Adelya Xudoyberganova va uning qizi 9 yil avval buzilgan uyga propiska qilingan.

- O‘zim, qizim va nevaram bitta oila, o‘g‘lim xotini, ikkita qizi bilan ikkinchi oila. Ikkita oilani sarson qilishdi. 9 yildan buyon propiskasiz yashab kelayapmiz. Qizim bilan o‘zim o‘sha buzilib, ketgan uyning manziliga propiska qilinganmiz. Hozir ham pasportimizda o‘sha adres yozilgan. Lekin u uy 9 yil avval buzib tashlandiku. Nevaram esa umuman propiskasiz. Pasport stoldan nevaramga yangi pasport berishdi. Ishonsangiz, pasportda propiska joyiga pechat bosishgan, lekin pechat bo‘sh blankaning ustiga qo‘yilgan.

Adelya Xudoyberganovaning nevarasi pasportidagi propiska varag‘i
Adelya Xudoyberganovaning nevarasi pasportidagi propiska varag‘i

​Adelya Xudoyberganovaga ko‘ra, 9 yil mobaynida O‘zbekistondagi deyarli barcha huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, ijobiy javob ololmagan:

- Bormagan joyimiz qolmadi. Urganch shahar prokuraturasi, Xorazm viloyat prokuraturasi, Bosh prokuratura, Vazirlar mahkamasi, Senat, Oliy majlis, prezident qabulxonasiga bordik. Hech kim hal qila olmadi. Shu yilning yanvar oyida Xotin-qizlar qo‘mitasiga murojaat qildik. Norboeva “Siz Xorazmga boravering, muammongiz hal bo‘ldi” dedi. Men Xorazmga borib 42 kun kutdim. Natija bo‘lmagach, yana qaytib qo‘mitaga uchrashdim. Xotin-qizlar qo‘mitasining Ozoda ismli yuristi “Masalangiz yechildi, qo‘mita, Milliy bank va Xorazm viloyat hokimligi kvartirangiz pulini to‘laydi”, dedi. Ammo bugungacha hech narsa bo‘lmadi. Milliy bank va viloyat hokimi Xotin-qizlar qo‘mitasini aldadi. Xotin-qizlar qo‘mitasi bizni aldadi.

Adelya Xudoyberganovaga ko‘ra, u Xotin qizlar qo‘mitasi rasmiylarining og‘zaki va’dasiga ishongan. Bu borada uning qo‘lida birorta ham hujjat yo‘qligini bildirdi.

Quyida Adelya Xudoyberganova bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Аделя Худойберганова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:01 0:00
Бевосита линк

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG