Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:34

IIV militsiyaga so‘roq bergach o‘zini osgan andijonlik haqidagi maqolaga "rasmiy munosabat" bildirdi


Ўзбекистонлик йигит орган ходимларининг қийноғидан сўнг ўзини осгани иддао қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:28 0:00

O‘zbekistonlik yigit organ xodimlarining qiynog‘idan so‘ng o‘zini osgani iddao qilindi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Ozodlik radiosining “Andijonlik yigit organ xodimlarining qiynog‘idan so‘ng o‘zini osgani iddao qilindi” lavhasiga munosabat bildirdi.

Ozodlik radiosiga 11 may kuni marhumning yaqinlari Andijon shahrining Bektosh Rahimov mahallasida yashaydigan 33 yashar Bekzodbek Yunusov 10 may kuni uyining omborxonasida osilgan holda topilgani, u 4 may kuni tushdan keyin shahar IIB bo‘limi xodimlari tomonidan noqonuniy dori sotishda gumonlanib ushlangandan so‘ng qiynoqqa solinib, undan singlisining noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanishi haqida ko‘rsatma olinganini aytgan edilar.

Yaqinlarining iddao qilishicha, Bekzodbek Yunusov shundan so‘ng o‘zini osgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bu lavhaga 12 may kuni tezkor munosabat bildirdi.

Biroq bu “Rasmiy munosabat”da Ozodlik radiosi maqolasi orqali jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan faktlardan boshqa deyarli hech qanday ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Bekzodbek Yunusov o‘zini qiynoqlar ortidan osgani to‘g‘risidagi iddao hech qanday e’tiborsiz qoldirilgan.

Quyida Ichki ishlar vazirligining rasmiy munosabatini to‘lig‘icha e’lon qilmoqdamiz.

Rasmiy munosabat: “Andijonlik yigit organ xodimlarining qiynog‘idan so‘ng o‘zini osganligi iddao qilindi” sarlavhasi bilan tarqatilgan xabar yuzasidan

Shu yilning 11 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda yuqoridagi nom bilan tarqatilgan xabar Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, 2019 yilning 4 may kuni soat 16.00larda, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon shahar B.Raximov ko‘chasida joylashgan “Zamin” oshxonasi oldida o‘zini shubhali tutgan, Asaka tumani “Devatagi” mahalla fuqarolari yig‘ini Manjara ko‘chasi 152-uyda yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan Xaydarova Maxbubaxon Xursanbekovna to‘xtatilib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganida, M.Xaydarova o‘z ixtiyori bilan qo‘lidagi 1 dona konvalyutada bo‘lgan “Fenazepam” psixotrop vositasini taqdim qilgan. Olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida M.Xaydarova o‘z ixtiyori bilan taqdim qilgan “Fenazepam” psixotrop vositasini qaerdan olganligi so‘ralganida, ushbu psixotrop vositasini 40 ming so‘m evaziga o‘ziga tanish bo‘lgan Andijon shahar, “Mustaqillik” mahalla fuqarolari yig‘ini, Mangulik ko‘chasi 18-uyda yashovchi, muqaddam 2019 yil 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan sudlangan, ustachilik bilan shug‘ullanadigan, 4 yil 9 oy 18 kun ozodlikdan cheklash jazosini o‘tayotgan (sud tomonidan sutkaning kechki soat 22.00dan ertalabki 06.00ga qadar yashash uyidan chiqish cheklanishi haqida cheklov o‘rnatilgan) 1986 yilda tug‘ilgan Yunusov Begzodbek Xamidovichdan olganligini ma’lum qilgan.

B.Yunusov bilan o‘tkazilgan suhbatda u xaqiqatdan ham singlisi Andijon shahar B.Raximov ko‘chasi 20-uyda yashovchi, muqaddam 2018 yil 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, hozirda 2 yillik sinov muddatini o‘tab kelayotgan 1989 yilda tug‘ilgan Xaitboeva Gulnozaxon Xamidovnaga telefon qilib, uni topshirig‘iga asosan G.Xaitboevaning tanishidan “Fenazepam” psixotrop vositasini olib, M.Xaydarovaga berganligini ma'lum qilgan.

Mazkur holatni hujjatlashtirish maqsadida, tezkor xodimlar tomonidan ushbu ishga aloqador shaxslar Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi binosiga olib kelinib, gumon qilingan shaxslar bilan bog‘liq holatlar rasmiylashtirilib, B.Yunusov va M.Xaydarovalarning ko‘rgazmalari ikki nafar xolislar ishtirokida videotasvirga tushirilgan.

2019 yil 4 may kuni mazkur holatni rasmiylashtirish jarayonida fuqaro B.Yunusov va M.Xaydarovalar bilan bog‘liq surishtiruvni to‘la, har tomonlama va xolisona bo‘lishini ta’minlash maqsadida tibbiyot xodimlari ishtirokida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning sog‘lomligi haqidagi ma’lumotnoma ish hujjatlariga qo‘shilgan.

Surishtiruv hujjatlari rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy hal etishlik uchun Andijon shahar IIO FMB Tergov bo‘limiga taqdim etilgan.

2019 yil 10 may kuni Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-son ichki ishlar bo‘limi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tayanch punktlari profilaktika inspektori F.Isamiddinov shu kuni soat 19.00larda, B.Raximov ko‘chasi 20-uyda yashagan, Yunusov Begzod Xamidovich noma’lum sabablarga ko‘ra, yashash uyi omborxonasining to‘siniga arqon bilan o‘zini-o‘zi osib o‘ldirganligini telefon orqali xabar qilgan.

Voqea joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan va ko‘zdan kechirish vaqtida B.Yunusovning yotoqxonasidan karton qutining ichki tarafiga ko‘k siyohli qalamda “Mendan rozi bo‘linglar, meni kechiringlar” yozuvi mavjud qo‘lyozma olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmokda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

XS
SM
MD
LG