Линклар

Шошилинч хабар
15 октябр 2019, Тошкент вақти: 12:16

Andijon voqealariga 14 yil to‘ldi: Kim, nima, qachon, qaerda?


Oradan 14 yil o‘tib, Andijon voqealari asta-sekin xotiralardan ko‘tarilayotgani, guvohlar ham unutishga harakat qilayotgani kuzatilmoqda. Quyida Andijon qirg‘ini bilan bog‘liq asosiy savollarga javob izlangan OzodJavob ruknining maxsus sonini o‘qishingiz mumkin.

Andijonda 2005 yilning 13 mayida nima bo‘lgan?

Andijon. 12 maydan 13 mayga o‘tar kechasi. Akramiylik guruhiga a’zolikda ayblanib, sudlanayotgan 23 kishining qirqtacha yaqini patrul-post batalyoniga hujum qilib, u yerdagi qurollarni qo‘lga kiritdi. So‘ngra ular shahardagi harbiy qismga hujum uyushtirdi. Keyin qamoqxonaga ham hujum qilinib, u yerdan sudlanayotgan 23 kishi va boshqa mahbuslar ozodlikka chiqarib yuborildi. O‘sha kuni yarim tunda viloyat hokimligi binosi egallanib, shahar prokurori, soliq inspeksiyasi boshlig‘i va bir qancha harbiylar isyonchilar tomonidan garovga olindi. Rasmiylar bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘sha tunda 9 harbiy halok bo‘ldi.

Andijon 13 may. Erta tongdan viloyat hokimligi binosi oldiga andijonliklar yig‘ila boshladi. Maydon esa hukumat qo‘shinlari tomonidan o‘rab olindi. Tushdan so‘ng maydonda, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10 mingga yaqin odam yig‘ildi. Odamlar hukumat va Prezident iste’fosini talab qila boshladi. Kechqurun soat 18 lar atrofida otishma boshlandi. Odamlar uch tomonga bo‘linib qochdi. Prezident Islom Karimov keyinchalik o‘tkazilgan matbuot anjumanida odamlarga qarata o‘t ochishga buyruq bermaganini aytdi. Isyonchilar esa harbiylar BTRlardan va avtomatlardan hammani bir chekkadan o‘qqa tutganini bildirdi.​

Infografika: Andijon voqealari xronologiyasi -- 11-21 may​

Andijon qirg‘inida necha odam o‘ldirildi?

​2005 yil 13 may kuni Andijonning Bobur maydonida sodir bo‘lgan qonli voqealarda rasmiy Toshkent hisobicha 187 kishi, jumladan, ayollar va bolalar nobud bo‘lgan.

​Norasmiy manbalarga ko‘ra, Andijon xunrezliklari oqibatida 1000dan ziyod odam halok bo‘lgan.

​Bobur maydonidagi qonli fojiadan keyin xalqaro jamoatchilik mustaqil tekshiruv o‘tkazishni talab qilgan, biroq rasmiy Toshkent rad etgan. Shu taxlit, yuzlab odam qirg‘inbarot qilingan 13 may fojeasi yillar osha siru sinoatlarga ko‘milganicha qolmoqda.

Andijon qochqinlari kimlar va ular qaerda?

​13 may kuni o‘z hayotini saqlab qolish uchun yuzlab andijonliklar qo‘shni Qirg‘izistonga qochishga majbur bo‘ldi.

Bir necha oy o‘tib BMT Qochqinlar idorasi ko‘magida 500ga yaqin andijonliklar Ruminiyaga o‘tkazildi.

Keyinchalik qochqinlarga dunyoning turli mamlakatlari, jumladan, Shvetsiya, AQSh, Kanada kabi siyosiy boshpana berildi.

Н.Умаров: Иккитаси жон бераëтганда тепасида эдим
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:38 0:00

Akram Yo‘ldoshev kim?

2004 yil iyunidan boshlab O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan bittama-bitta hibsga olingan andijonlik 23 tadbirkorning yaqinlari¸ hamkasblari boshlagan namoyishlar pirovardida 13 may voqealariga eltgan edi.

Rasmiylar "akramiylar" deb atagan, bu atamani o‘zlari tan olmaydigan, lekin Akram Yo‘ldoshevga aloqasi borligini inkor etmaydigan andijonlik tadbirkorlardan 23 nafari 2004 yilning iyunidan boshlab birin-ketin qo‘lga olindi va bir necha oy davomida so‘roq qilindi.

Akram Yo‘ldoshev 1963 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. U Sovet armiyasida xizmat qilib qaytgach, bir muddat to‘qimachilik kombinatida ishlaydi. Kombinatda ishlagan paytida KPSSga kirish uchun ariza beradi.

Andijon Paxta sanoati institutini tugatgan Yo‘ldoshev o‘rta maktabda fizika va matematikadan dars beradi.

"Akromiylar" guruhi yetakchisi Akrom Yo‘ldoshev
"Akromiylar" guruhi yetakchisi Akrom Yo‘ldoshev

Ozodlik tasarrufidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Yo‘ldoshev 1992 yilda “Hizb ut–Tahrir” islomiy guruhiga a’zo bo‘ladi. Sal muddatdan keyin Yo‘ldoshev bu tashkilotni tark etadi va o‘z diniy falsafiy qarashlarini “Imonga yo‘l” kitobida bayon qiladi.

Bu kitobdagi g‘oya atrofida birikkan tadbirkorlar o‘nlab korxonalar ochishadi. Bu korxonalardagi ish tartibi "islomiy adolat" tamoyillariga asoslangani aytiladi.

1998 yilda Akrom Yo‘ldoshev O‘zbekiston huquq-tartibot organlari e’tiboriga tushadi va o‘sha yili 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.

1999 yilning yanvar oyida amnistiya bois ozod qilingan Yo‘ldoshev ayni yilning 17 fevralida qayta qamoqqa olinadi va terrorizmda ayblanib, 17 yillik qamoq jazosiga hukm etiladi.

Jazoni o‘tash muassasalarida sil kasaliga chalingan. 2003 yil oktabrida Toshkentdagi jazoni o‘tash muassasalarining umumiy shifoxonasi bo‘lgan 64/18-qamoqxonaga keltirilgan.

2004 yilda Akram Yo‘ldoshev va uning sheriklariga qarashli 11 korxona yopilib, ularning rahbarlari hibsga olingan.

A.Yo‘ldoshev o‘z ko‘rsatmasida Andijon tumanining Oqyor qishlog‘ida akramiylar va militsiya xodimlari o‘rtasidagi jiddiy janjaldan so‘ng jihod boshlashga fatvo berganini ta’kidlagan.

2016 yilning 11 yanvar kuni Akrom Yo‘ldoshev bundan besh yil oldin - 2010 yilda 47 yoshida qamoqda vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

23 tadbirkor qaerda?

12 maydan 13-ga o‘tar kechasi Andijon turmasiga qilingan hujumdan so‘ng boshqa mahkumlar qatori 23 tadbirkor ham qamoqdan ozod qilingan edi.

O‘sha kuni qamoqdan chiqib ketgan 23 kishining 15 nafari keyin yana qo‘lga olinib, qamalgan, biri qazo qilgan, yana biri bedarak yo‘qolgan.

Ba’zilari Andijonni tashlab chiqishga ulgurmagan, ba’zilarini O‘zbekiston maxsus xizmati qo‘shni davlatlardan ushlab olib ketgan.

Shu kunda ham ular qamoqda. Har holda bu gapni inkor etadigan boshqa ma’lumot yo‘q.

23 tadbirkordan 6 nafari dunyoning turli burchaklaridan siyosiy boshpana olishgan. Ulardan biri Shvetsiyada, uch nafari Hollandiyada, biri Finlyandiyada, yana biri AQShda yashaydi.

Andijon qirg‘ini bo‘yicha sanksiyalar?

2005 yil noyabr: Yevropa Kengashi O‘zbekiston hukumatiga nisbatan sanksiya joriy qildi. Bir yillik muddatga joriy qilingan jazo choralarining birinchi punkti o‘laroq, Andijonda namoyishchilarga qarshi yoppasiga o‘t ochish va nomutanosib kuch ishlatilishi uchun mas’ul bo‘lgan hamda qonli voqealar yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan O‘zbekiston rasmiylarining Yevropa ittifoqi hududiga kiritilishi taqiqlandi.

Qora ro‘yxatga O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimov kiritilmagan bo‘lsa-da, unga o‘sha paytdagi Ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatov, Mudofaa vaziri Qodir G‘ulomov, Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov kabi rasmiylarning ismlari kiritilgan edi.

2006 yil noyabr: Yevropa kengashi O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyatning yaxshilanmagani va qonli voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazishga imkon berilmagani bois, sanksiyalar jumlasidan viza cheklovi olti oyga, qurol embargosi bir yilga uzatirildi.

2008 yil noyabr: Andijonda namoyishchilarga qarshi yoppasiga o‘t ochish va nomutanosib kuch ishlatilishi uchun mas’ul bo‘lgan hamda qonli voqealar yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan O‘zbekiston rasmiylariga nisbatan joriy qilingan viza cheklovi butunlay bekor qilindi.

2009 yil noyabr: Sanksiyalar ro‘yxatida qolayotgan qurol embargosi ham bekor qilindi.

2016 yil sentabr: Prezident Islom Karimov vafot etishi ortidan, O‘zbekistonda hokimiyat almashdi. Karimov o‘rniga 13 yil davomida bosh vazir bo‘lgan Shavkat Mirziyoev prezidentlikka saylandi.

2018 yil fevral: O‘zbekiston sobiq Ichki ishlar vaziri¸ 68 yashar general-polkovnik Zokirjon Almatov yana vazirlikka qaytdi.

Умид чечаклари
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:00 0:00

Алоқадор

XS
SM
MD
LG