Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:49

Tramp ma’muriyati Eronga qarshi harbiy reja tuzmoqda


AQSh mudofaa vaziri Patrik Shanahan o‘tgan hafta prezident Donald Trampning xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetakchi maslahatchilari yig‘inida rejalarini oshkor qilgani aytilmoqda.
AQSh mudofaa vaziri Patrik Shanahan o‘tgan hafta prezident Donald Trampning xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetakchi maslahatchilari yig‘inida rejalarini oshkor qilgani aytilmoqda.

“The New York Times” gazetasi xabariga ko‘ra, Oq uy ma’muriyati Eronning AQSh qo‘shinlariga hujum qilishi yoki yadro qurollari bo‘yicha ishini jadallashtirishi oldini olishi uchun Yaqin Sharqqa 120 ming harbiy xizmatchisini joylashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’muriyatning ismi sir qolishini istagan vakillariga tayangan gazetaning 13 mayda yozishicha, Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanahan o‘tgan hafta Donald Trampning xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetakchi maslahatchilari yig‘inida rejalarini bayon qilgan.

Bir qancha rejalar ko‘rib chiqilgan va “120 ming harbiy xizmatchini joylashtirish eng maqbul qaror sifatida ko‘rilgan va uni bajarish uchun bir necha hafta yoki oy talab etiladi”, deyiladi “The New York Times” xabarida.

Xabarga ko‘ra, rejada Eronga quruqlikdan bostirib kirish ko‘zda tutilmaydi.

Vaziyat taranglashuvi

Oq uy va Pentagon rasmiylari Vashington bilan Tehron o‘rtasidagi munosabatlar tobora keskinlashayotgan payt chop etilgan ushbu xabarga hozircha izoh bermadi.

O‘tgan hafta Vashington Fors ko‘rfaziga uchoq tashuvchi kemalar va bombardimon qiluvchi uchoqlarning jangovor guruhini joylashtirishini e’lon qilgan edi. AQSh rasmiylariga ko‘ra, bundan maqsad Erondan AQSh va uning mintaqadagi ittifoqchilariga bo‘layotgan “ochiq” tahdidga qarshi turishdir.

Tehron Vashingtonni “psixologik urush” olib borayotganlikda ayblamoqda.

AQSh 2015 yili Eron yadroviy dasturi bo‘yicha imzolangan xalqaro bitimda olgan majburiyatlaridan voz kechdi. Bitimga ko‘ra, Eron dunyoning yetakchi davlatlari bilan sanksiyalarni yengillatish hisobiga yadro dasturini cheklashga rozi bo‘lgan edi.

Qo‘shma Shtatlar bir yil oldin bu kelishuvdan chiqishi ortidan Eronga qarshi yanada keskin sanktsiyalar joriy qildi.

Tramp bitimdan chiqayotib, uning shartlari Eron yadro qurollarini ishlab chiqishi oldini oladigan darajada qattiq emasligini hamda unga Eronning raketalar dasturi yoki mintaqadagi jangarilarni qo‘llab-quvvatlayotgani kiritilmaganini aytgan edi.

Eron isyonchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlayotganini rad etib va yadro dasturi faqat tinch energetika maqsadlariga mo‘ljallanganini aytib keladi.

XS
SM
MD
LG