Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:24

"Shaytanat" muallifi Tohir Malik vafot etdi


Tohir Malik 72 yoshda edi.
Tohir Malik 72 yoshda edi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 16 may kuni 72 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda adibga yaqin bo‘lgan manbalar xabar berdi.

1946 yilning 27 dekabrida Toshkentda harbiylar oilasida dunyoga kelgan Tohir Malik O‘zbekistondagi eng birinchi fantastik asarning muallifi bo‘lgan edi. Uning “Xikmat afandining o‘limi” fantastik asari kitobxonlar orasida mashhur bo‘lib ketgan edi.

O‘z ijodiy faoliyati davomida 30ga yaqin asarlar yozgan Tohir Malikning xalq orasida ommalashgan va turli baxslarga sabab bo‘lgan yana bir mashhur asari “Shaytanat”dir.

Jumladan, jurnalist va yozuvchi Shukur Jabbor 2014 yilda: “Tohir Malik nima ish qilib qo‘yganini keyin tushunib etdi, lekin kech bo‘lgan edi. Tohir akaning ijodini kuzatsak, keyingi asarlarida detektiv deganlaridan qochish, pushaymonlik ko‘zga tashlanadi. Chunki, bu insonning qalbiga nazar tashlasam “adabiyotdagi buzg‘unchilikni boshlab berdim”, degan afsus chekishga o‘xshagan bir nimalarni ilg‘ab qolaman. Buni hozir yozayotgan narsalaridan ham bilish mumkin”, deb yozgan edi.

Biroq Tohir Malikning o‘zi Ozodlik radiosiga bergan intervyusida “Shaytanat”ni yozganidan afsuslanmasligini aytgan.

Quyida Tohir Malik bilan 2014 yilda yozib olingan suhbatni tinglashingiz mumkin.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:03 0:00
Бевосита линк

Ozodlik radiosi adibning oila a’zolariga va yaqinlariga ta’ziya va hamdardlik bildiradi.

XS
SM
MD
LG