Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:58

OzodDayjest: Allamjonovdan Ozodlik sayti nega to‘siqdan chiqarilmagani yuzasidan izoh so‘raldi


Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov.
Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov.

Andijonda “hayvon qilmagan ish”ga qo‘l urgan jinoyatchi 19 yilga qamaldi. Ozodlik sayti nega to‘siqdan chiqarilmagani yuzasidan rasmiy izoh so‘raldi. 5 yashar qizchaning hayotiga zomin bo‘lgan pedofil 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Toshkent viloyatida mudofaa ishlari rasmiysi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani mudofaa ishlari bo‘limi rasmiysi pora bilan ushlandi (“Huquq”, 16 may).

O‘rtachirchiqlik yigit harbiy xizmat uchun tibbiy ko‘rik va psixologik testdan o‘tgan, ammo bo‘linma boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan mudofaa rasmiysi “to‘rt muchasi sog‘, devdek” yigitdan 400 dollar pora talab qilgan.

“Tepadagilar”ga ozroq uzatilmasa, ish bitmaydi” degan u.

Qayd etilishicha, vatan himoyasi uchun pora talab qilgan mansabdor daliliy ashyolar bilan ushlangan. Jinoiy ishga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Besh yashar qizchaning hayotiga zomin bo‘lgan pedofil 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi voyaga yetmagan qizchani zo‘rlash va o‘ldirishda ayblangan 31 yoshli shaxsni 19 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Bu haqda sudya Nosirjon Rasulov “Darakchi” nashri orqali xabar bergan.

Qayd etilishicha, mudhish jinoyat joriy yil 27 yanvarda ro‘y bergan. 5 yoshli qizcha tengdoshi – qo‘shnining o‘g‘li bilan o‘ynash uchun uning uyiga kirgan. Ammo bu vaqtda uy egasi, 31 yoshli M.I.ning xotini va ikki farzandi otasinikiga ketgan bo‘lib, uning o‘zi yolg‘iz bo‘lgan.

Niyati buzilgan M.I. himoyasiz qizchani avval zo‘rlab, keyin sharf bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan va uning jasadini uyining poli ostiga ko‘mgan.Qizchaning kalishini esa hojatxonaga tashlab yuborgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mudhish jinoyat ana shu kalish topilishi ortidan fosh etilgan. Sudlanuvchi mahkamada hayvon qilmagan ishni qilganini tan olib, pushaymonlik bildirgan.

Allamjonovdan Ozodlik sayti nega to‘siqdan chiqarilmagani yuzasidan izoh so‘raldi

O‘zbekistonda joriy yil 10 maydan Amerika ovozi, BBC Uzbek, Deutsche Welle, Amnesty International, Human Rights Watch, Fergana Agency kabi bir qator veb-resurslar hamda saytlar to‘liq ochila boshladi.

Bu haqda Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov rasman ma’lum qilgan edi.

YeXHTning matbuot erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir so‘rovi ortidan blokdan chiqarilgan veb-resurslar ro‘yxatida Ozodlik radiosi sayti yo‘q.

Ayni paytda O‘zbekistonda ozodlik.org saytiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonsiz bo‘lib qolmoqda.

Mazkur holatga munosabat bildirgan Telegramdagi Davletovuz kanali Ozodlik saytidan to‘siqning olinmagani turli gap-so‘zlarning urchishiga olib kelayotganini qayd etgan.

30 mingdan ziyod obunachiga ega kanal bu borada Komil Allamjonov izoh berishi maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan.

Hook.report nashri “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining aynan matbuot erkinligi bo‘yicha reytingi hamon blokirovkada ekaniga e’tibor qaratgan.

Mazkur elektron nashrga ko‘ra, xorijiy veb-resurslarga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning yaqin fursatda O‘zbekistonga tashrifiga bog‘liqdir.

XS
SM
MD
LG