Линклар

Шошилинч хабар
15 декабр 2019, Тошкент вақти: 23:34

Tojikiston: Qamoqxonada mahbuslar isyon ko‘tardi. 32 odam halok bo‘ldi


Tojikistondagi qamoqxonalardan biri.

Vaxdat tumanidagi qattiq rejimli qamoqxonada 19 may kuni sodir etilgan tartibsizliklar paytida 29 mahbus va qamoqxonaning uch nafar noziri halok bo‘ldi.

Тожикистон: Қамқохонада маҳбуслар исён кўтарди. 32 одам ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:31 0:00

Ozodlik radiosi tojik xizmatining 20 may kuni Adliya vazirligi Jazoni o‘tash Bosh boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, tartibsizliklarga aloqador bo‘lgan 35 odam ham qo‘lga olindi.

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, Dushanbedan 25 kilometr uzoqlikdagi Vaxdat qamoqxonasida 19 may kuni kech soat 9larda boshlangan isyonni terrorchi va ekstremist tashkilotlarga a’zolikda, jumladan, “Islom davlati” guruhiga aloqadorlikda ayblanib qamalgan mahbuslar uyushtirgan.

Rasmiylar isyonga rahbarlik qilgan 4 mahbusdan biri Bexruz Gulmurod ekanini aytmoqdalar. Behruz Gulmurod Suriyaga qochib “Islom davlati” safiga qo‘shilgan polkovnik Gulmurod Halimovning o‘g‘lidir. Halimov Suriyaga ketguniga qadar Tojikistonda OMON qo‘mondoni bo‘lgan.

“Pichoqlar va o‘tkir tig‘li buyumlar bilan qurollangan isyonchilar dastlab qamoqxonaninig uch xodimi – mayor Burxoniddin Murodov, mayor Abdujabbor Halimov va katta leytenant Mahmud Asoevni garovga oldi hamda vahshiylarcha o‘ldirdi. Shundan so‘ng 8-jarima izolyatoridan “Islom davlati”ga mansublikda ayblanib sudlangan o‘ta xavfli jinoyatchilarni ozod etishdi. Keyin o‘zlarining niyatlarida sobit ekanliklarini namoyish etish maqsadida boshqa mahbsular ko‘z o‘ngida 5 nafar mahbusni so‘yib tashlashdi va o‘nlab boshqa mahbuslarni yaralashdi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Aytilishicha, isyonchi mahbuslar qamoqxonaning tibbiyot qismiga o‘t qo‘yishgan va qator mahbuslarni garovga olib, o‘zlarini zudlikda ozod etilishlarini talab qilishgan.

“Qonun doirasida o‘tkazilgan isyonni bostirish amaliyoti chog‘ida 24 mahbus jismonan yo‘q qilindi, 35 odam qo‘lga olindi. Garovga olingan mahbuslar garovdan qutqarib olindi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Mazkur voqea yuzasidan Bosh prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Tergov tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan deyarli olti oy muqaddam, ya’ni 2018 yilning 8 noyabrida Xo‘janddagi kuchaytirilgan rejimdagi qamoqxonada ham mahbuslar isyon ko‘targan edi.

O‘shanda, rasmiy ma’lumotga qaraganda, 21 mahbus va qamoqxonaninig ikki xodimi halok bo‘lgan, 5 nafar nozir jarohatlangan edi.

XS
SM
MD
LG