Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:37

Kilogramm etaloni o‘zgardi


Olimlar joriy yilning 20 may kuni og‘irlik va haroratning yangi ta’riflarini qabul qildilar. Yangi ta’riflar tabiatning umumiy qonunlaridan olingan bo‘lib, o‘ta aniqdir.

Yangi o‘zgarishlar kuchga kirishi ortidan bugungi kunga qadar qo‘llanilib kelingan kilogramm etaloni o‘rnini kvant nisbatdan olingan yangi o‘lchov egalladi.

Shu kungacha platina va iridiy qorishmasidan tayyorlangan silindr shaklidagi jism 130 yil mobaynida dunyo bo‘ylab og‘irlik etaloni bo‘lib kelgan edi. O‘tgan yilning noyabrida esa boshqa bir necha o‘lchov bilan bir qatorda kilogramm ta’rifini o‘zgartirishga kelishib olindi.

Kilogramm etalonini almashtirish qarori qabul qilinishi ortidan Fransiya Metrologiya va sinovlar laboratoriyasi direktori Tomas Grenon kilogramm jismga asoslangan so‘nggi o‘lchov birligi ekanligini aytgan edi.

Endilikda kilogramm bir dona jism og‘irligi asosida emas, bulki Plank konstantasi asosida ta’riflanadi.

Xususan, Plank konstantasi yorug‘lik chastotasining o‘sha chastotaning kvant energiyasiga bo‘lgan nisbatidan olinadi. Boshqacha qilib aytganda, bu 6.626 x 10-34 joul soniyasiga teng.

Eynshteyn o‘zining taniqli E = mc2 formulasi bilan ko‘rsatib berganidek, energiya vazn bilan chambarchas bog‘liq.

Plank konstantasi jismni siljitish uchun kerak bo‘lgan mexanik energiyaga asoslangan holda vaznni aniqlash imkonini beradi.

Yangi uslub tarafdorlari so‘zlariga ko‘ra, u jism vazniga asoslangan o‘lchovga solishtirganda kamida million marta barqarorroq bo‘ladi.

Dushanba kuni, shuningdek, tizimda elektr tok kuchi birligi – amper, termodinamik harorat birligi – kelvin hamda modda miqdori birligi – mol ta’riflari ham o‘zgardi.

Olimlar o‘zgarishlar ilm-fan sohasi uchun o‘ta muhim bo‘lsa-da, kundalik hayotda yirik o‘zgarishlar kuzatilmasligini aytishdi

XS
SM
MD
LG