Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 21:02

Prezidentning qarindoshiga tegishli qurilishda o‘zbek muhojirlari jarohatlandi (VIDEO)


Havozalar qulashi oqibatida 7 kishi jarohat oldi.

Rossiyaning Leningrad viloyat, Priozerskiy tumanidagi qurilish ob’ektida havozalar qulab ketishi natijasida 7 odam, jumladan 4 o‘zbekistonlik jarohatlandi.

Mahalliy tergov qo‘mitasi qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari buzilishi yuzasidan jinoyat ishi ochdi.

Qurilishni Vladimir Putinning qarindoshiga tegishli firma amalga oshirayotgani aytilmoqda.

Voqea o‘tgan dushanba, 27 may kuni Leningrad viloyat, Priozerskiy tumanidagi “Igora” kurorti hududida “Formula-1” avtomobil musobaqalari uchun qurilayotgan ob’ektlardan birida sodir bo‘ldi.

Tergov qo‘mitasining Leningrad viloyati bo‘yicha boshqarmasi bergan maxsus bayonotga ko‘ra, jinoiy ish Rossiya Jinoyat Kodeksining 216- moddasi,1- qismi, ya’ni “Qurilish ishlarini olib borayotganda xavfsizlik qoidalarini buzish ortidan odamlar sog‘lig‘iga og‘ir zarar yetkazish” asosida ochildi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Leningrad viloyati bo‘yicha boshqarmasi qurilishda bo‘lgan 7 nafar ishchi jarohat olganini tasdiqladi.

- Hodisa joyiga kelib, qulagan havozalar ostida odamlar qolib ketganini aniqladik. 7 kishi evakuatsiya qilindi, hammasi shifoxonaga yotqizildi. Ulardan 4 nafari – Vsevolojsk Markaziy tuman kasalxonasiga, yana uchtasi – Leningrad viloyat kasalxonasiga, dedi qutqaruvchilar idorasi raisi muovini Anton Kling.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiysi jarohatlanganlardan ikki nafari og‘ir ahvolda sanaviatsiya vertolyotlari yordamida olib ketilganini ham bildirdi.

Ozodlik jarohat olganlarning 4 nafari O‘zbekiston grajdani ekani, ular o‘rtacha og‘irlikdagi holatda qolayotganini aniqladi.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi “Igora” avtodromi qurilishida jarohat olganlar ismlarini e’lon qildi. Xususan, Leningrad viloyat klinik kasalxonasiga maxsus vertolyotda 1987 yilda tug‘ilgan Xasanov G‘anisher Toshmamatovich va 1970 yilda tug‘ilgan Qosimov Sami Hamidovich yetkazilgan. 1992 yilda tug‘ilgan Shomamatov Fazliddin Mirzaraimovich ham shu kasalxonaga joylashtirildi.

Jarohatlangan o‘zbek muhojirlaridan to‘rtinchisi - Abdurahmonov Mansur (1983-yilda tug‘ilgan) Vsevoljsk tumanlararo klinik kasalxonasiga yotqizilgani aytildi. O‘zbekistonlik muhojirlar qovurg‘a sinishi, umurtqa jarohatlari, yana bir ishchining lunjini armatura teshib o‘tgani tashhisi bilan yotqizilganini tasdiqlashdi shifokorlar.

Bosh konsulxona Leningrad viloyatining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgani hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, qolgan jarohatlanganlar ham markaziy osiyolik - Tojikiston vatandoshlari ekani ma’lum.

Rasmiy ma’lumotlardan havozalar qulashining dastlabki sabablari ham ma’lum bo‘ldi. Tergovchilarga ko‘ra, poyga o‘tkaziladigan trassada avtodrom uchun karkas qurilayotgan bo‘lgan. Qurilish paytida uch qavatli qurilish havozalari ustida joylashgan temirbeton soyabon qulab, uning tagida ishlayotgan ishchilarni bosib qolgan.

Hozirda hodisa joyida qurilish ishlari vaqtinchalik to‘xtatilgani, qurilish hujjatlari tergovchilar tomonidan musodara qilingani va zaruriy ekspertizalar tayinlangani ma’lum.

“Igora Drayv” MChJsida hodisa yuzasidan biror izoh berilganicha yo‘q. "SPARK-Interfaks" axborot guruhi ochiq manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Igora Drayv” kompaniyasining 10 foizi Volga Group egasi, ayni damda Vladimir Putinning eng yaqin do‘sti hisoblangan milliarder Gennadiy Timchenkoning hamkori Vladimir Kolbinga tegishlidir.

Bu shirkatning qolgan ulushlari Vladimir Putinning boshqa do‘stlari – biznesmen Vladimir Vasilyevga, “Rossiya” banki egalaridan biri Yuriy Kovalchuk va uning o‘g‘li Borisga tegishlidir. “Formula-1” trassasi qurilish shirkatining 50 foizi Putinning uzoq qarindoshi, ayni damda “prezidentning shaxsiy milliarderi” nomi bilan tanilgan Mixail Shelomovga tegishli ekani aniqlandi.

Mutaxassislar “Igora” poyga trassasi loyihasining taxminiy bahosi 11 milliard rublni tashkil etishini gapirmoqda.

XS
SM
MD
LG